Toshkentning Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasida joylashgan “Zdorovoye Telo” kompaniyasiga qarashli saunada 15-sentabr, yakshanba kuni soat 16:45 atrofida yong‘in yuz bergan.
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatidan xabar berishlaricha, ikkita o‘t o‘chirish bo‘linmasi hodisa joyiga soat 16:52 da yetib borgan va yong‘in 17:04 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida saunaning 6 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yongan, 114 kvadrat metr maydoni esa yong‘indan saqlab qolingan.
“Saunaning 27 yoshli ishchisi tutundan dimiqqan holda qutqarib qolingan va shifoxonaga yuborilgan”, — deyiladi DYoXX axborotida.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in saunadagi qozonxonaning qizib ketishi oqibatida yuz bergan.
Izoh (0)