• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan yangi fakultet talabalari o‘qish olisdagi kollej binosiga ko‘chirilganidan norozi. Bosh binoda esa joy tanqis

    Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan yangi Agronomiya va biotexnologiya fakultetining yangi binoga ko‘chirilishi ko‘plab talabalarning noroziligi va e’tiroziga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yangi o‘quv yili boshidanoq u yerda zarur shart-sharoitlarning yo‘qligi haqidagi e’tirozlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining diqqatini jalb etdi. Ismi-sharifi ochiqlanishini istamagan bir guruh talabalar “Daryo”ga murojaatida yangi o‘quv binosida sharoitlar mavjud emasligi, jumladan, oshxona, hojatxona, sport zali yo‘qligi, laboratoriya xonasi jihozlanmagani, ustiga-ustak, qatnov uchun masofa uzoqligini bildirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumotga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 10-iyundagi 513-sonli buyrug‘i bilan (Vazirlar Mahkamasining 29 maydagi 14/1-1074-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida) Buxoro davlat universitetida “Biologiya” va “Tuproqshunoslik” yo‘nalishlari negizida Agronomiya va biotexnologiya qo‘shma dasturlar fakulteti tashkil etilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxoro viloyati hokimligi ko‘rsatmasi hamda vazirlikning 2019-yil 29-avgustdagi 773-sonli buyrug‘i bilan Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” qishlog‘i, Yangiobod ko‘chasida joylashgan Sanoat kasb-hunar kolleji binosi universitet tasarrufiga o‘tkazilgan. Mazkur fakultetda istiqbolda agronomiya, biotexnologiya, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, agrologistika, agrobiznes, o‘simliklar himoyasi va karantini ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu yangi fakultetda “Biologiya” (turlari bo‘yicha) va “Tuproqshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirib, belgilangan namunadagi bakalavrlik diplomiga ega bo‘ladi.

    Bildirilishicha, Buxoro davlat universiteti talabalari kontingenti joriy o‘quv yilida salkam 14 mingga yetgan. Kelgusi yilda muassasa talabalari soni 20 ming nafarni, 2030-yillarga borib esa 40 ming nafarni tashkil etishi kutilyapti. Universitet esa bor-yo‘g‘i 6 mingdan ortiqroq talabaga moslashtirilgan va yaqin yillargacha ko‘pi bilan 7-8 ming talaba 2 smenada o‘qitib kelingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Dunyo amaliyotida ham universitetlar odatda bir joyda joylashmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Jahonning ko‘pgina mashhur universitetlari kampuslar ko‘rinishida shahar tashqarisida joylashganligi odatiy hol. Talabalar tomonidan qo‘yilayotgan talablar esa universitet imkoniyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Ta’lim jarayonlari 2 smenada olib borilayotganiga qaramay, o‘z-o‘zidan joy masalasi tanqis. Ayni kunda universitetimizda ta’lim jarayonlari 7 ta manzilda olib borilmoqda. Jumladan, joriy o‘quv yilida shahar va uning atrofida joylashgan, ilgari kasb-hunar kollejlari binolari va boshqa maqsadlarda ishlatilgan 3 ta o‘quv binosi universitet tasarrufiga o‘tkazildi. Hozirda ularda o‘qish va ta’lim uchun barcha sharoitlar bor. — deydi universitet rektori, professor Obidjon Hamidov. — Hozirda Agronomiya va biotexnologiya fakulteti joylashgan ilgarigi Buxoro tuman Sanoat kasb-hunar kollejiga qatnovni yaxshilash uchun viloyat hokimligi hamda viloyat yo‘l-transport departamenti bilan kelishilgan holda 2 ta yo‘nalishli avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yildi. U yerda universitetning boshqa binolaridan kam bo‘lmagan imkoniyat va sharoitlarni yaratish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solyapmiz.

    Agronomiya va biotexnologiya fakulteti uchun uning ta’lim yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi sohasiga muvofiqlashtirilgani sababli viloyatning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i eng yaxshi rivojlangan hudud — universitet bosh binosidan 10,5 kilometr, shahar halqa yo‘lidan 3 kilometr masofada joylashgan ta’lim muassasasi tanlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Shahar markazidan o‘qishga qatnashimiz uchun avtobuslar yetishmaydi. Ba’zida hatto ikkita transport almashtirishimizga to‘g‘ri kelyapti. 10,5 kilometr narida tahsil olib, yana shuncha kilometr yo‘l bosib, yotoqxonaga qaytish ham pul bilan, ham vaqt bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaryapti. Bosh korpusda turli xorij tillari to‘garaklariga qatnardik. Afsuski, masofa oralig‘i bizning qo‘shimcha saboqlarimiz vaqtini o‘tkazib yuborishimizga sabab bo‘lyapti. Bir kunda 20-25 ming so‘m sarflashimizga to‘g‘ri kelyapti. Bundan tashqari, oshxona kichik, buyam yetmaganday, ovqatlar sifati ham talabga javob bermaydi, — deydi talabalar.

    “Daryo” muxbiri tomonidan holat o‘rganilar ekan, yangi o‘quv binosida moddiy-texnik baza mustahkamlangani, mavjud oshxona yonida qo‘shimcha ravishda yengil konstrutsiyali 70 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona tiklangani, kutubxona va bufet xizmati borligi va ayni paytda yopiq qishki oshxona tiklash ishlari bajarilayotganiga oydinlik kiritildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Buxoro tumanidagi sanoat kasb-hunar kolleji binosi o‘quv jarayonlarini olib borishda hech qanday talabga javob bermaydi. Ma’ruzalarni faollar zali yoki kollej sport maydonchasida tikka turgan holda o‘tkazamiz. O‘quv xonasining shundoq yonida oshxona, ovqat hidi o‘quv xonalari havosini buzib turadi. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun ham anjomlar yo‘q. Muammolarni yechsangiz, 500 nafardan ortiq talabaning og‘irini yengil qilgan bo‘lardingiz”, — deyiladi murojaatda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yangi bino internet tarmog‘iga ulangan, o‘quv auditoriyalari va boshqa xonalarni o‘zaro ichki lokal kompyuter tarmog‘iga birlashtirish ishlari davom ettirilmoqda, tibbiyot punkti va sport zalini jihozlash bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Biroq, sport maydonchasi ta’mirtalab: inventarlar yo‘q, mavjudlari ham foydalanishga yaroqsiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Albatta, kamchiliklar yo‘q emas, bor. Ammo yangi joy, yangi maskan. O‘n kun ichida shuncha natijaga erishdik. Uzog‘i bilan yana bir hafta yoki o‘n kun ichida qishloq ichidagi ushbu ta’lim muassasasi ham shahar markazidagi bilimgohdan qolishmaydigan imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, o‘quv binosi shinam va zamonaviy. Ushbu binoga ko‘chib kelganimizda uni alohida remont qilishga hojat yo‘q edi. Agronomiya va biotexnologiya fakultetida ta’lim jarayonlari bevosita ko‘proq amaliyotga qaratilgani bois, yangi o‘quv yilining to‘rtinchi kuniyoq ilgarigi o‘quv binolaridan biologiya va kimyo o‘quv laboratoriyalari ko‘chirib kelindi. Ushbu laboratoriyalarda xorijiy fondlar hisobidan qiymati 300 ming yevroga teng zamonaviy jihozlar mavjud. Ammo talabalarga dastlab 15 kun-bir oy davomida nazariy bilimlar berilishi, keyin esa laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgani uchun ular laboratoriya xonalari va jihozlari yo‘q, deb o‘ylashgan bo‘lishi mumkin, — dedi fakultet dekani Abbos Qodirov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu kuni yangi tashkil etilgan fakultet faollar zalida universitet rektori hamda talaba-yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi. Unda Buxoro shahar markaziga yaqin — 10,5 kilometr masofaga ko‘chirilgan manzilga qatnovchi yo‘nalishli avtobuslar sonini oshirish, o‘quv binosi oldidan kesib o‘tuvchi yo‘l ikki yonida zamonaviy ko‘rinishga ega bekatlar barpo etish, shuningdek, talabalarning taklif va talablariga ko‘ra, bir necha kun ichida xorij tillari to‘garaklarini ochish ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

    16.09.2019, 18:41   Izoh (0)   20164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda qarovsiz Damas’dan 2 ming dollar o‘g‘irlagan erkak ushlandi

    16.09.2019, 18:26

    Chilonzorda sauna yonib ketdi. Bir kishi qutqarib qolingan

    16.09.2019, 18:10

    Misr O‘zbekiston mahsulotlarining Afrikaga eksportini oshirish uchun o‘z imkoniyatlarini taklif qildi

    16.09.2019, 17:38

    Turkiyalik investorlar O‘zbekistonda yaratilgan biznes muhitidan mamnunmi?

    16.09.2019, 17:06

    Afg‘onistonda elektr uzatish ustunlari portlatildi. O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘onistonga eksportda uzilish bo‘lmaganini ma’lum qildi

    16.09.2019, 16:12

    Rossiya parlamenti quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin O‘zbekistonga keldi

    16.09.2019, 15:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.