“Manchester Yunayted”ning serbiyalik yarim himoyachisi Nemanya Matich qishki transferlar vaqtida klubdan ketishi mumkin, deb yozadi Daily Star.
31 yoshli Matichning xizmatlariga “Inter” hamda “Milan” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining klub bilan yarim yillik shartnomasi qolgan. Shu boisdan u boshqa klub bilan muzokara olib borishi mumkin.
Matichning o‘zi ham ayni damda A Seriyaga ko‘chib o‘tish ustida bosh qotirmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)