Ispaniya La Ligasining 4-turida “Barselona” o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvga zaxiradan qo‘shilgan Luis Suares dublga erishdi. Bu uning kataloniyaliklar safida La Ligada urgan 132 hamda 133-gollari bo‘ldi. Natijada urugvaylik hujumchi 132 ta gol urgan Ladislao Kubaluni ortda qoldirdi va “Barselona”ning La Ligadagi to‘purarlari orasida 3-o‘ringa ko‘tarildi.
Undan oldinda Sezar Rodriges (190 ta gol) hamda Lionel Messi (419 ta gol) bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)