Turinning “Yuventus” klubi futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan bahsda “Fiorentina” bilan durang o‘ynadi (0:0).
Turiinliklar 560 kun deganda ilk bor A Seriya peshqadamaligini qo‘ldan chiqardi. So‘nggi bor “Yuventus” 2018-yilning 3-martida musobaqaning birinchi o‘rnida emas edi. O‘shanda “Napoli”dan ortda qolgan turinliklar oxir-oqibat chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Hozir esa 3-turdan so‘ng “Inter” 9 ochko bilan 1-o‘rinda ketmoqda. “Yuve” hisobida esa 7 ochko mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)