Ukraina Oliy radasi prezidentni impichment qilish tartibi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.
Ushbu qonunni ko‘rib chiqish tashabbusini parlamentga avgust oyi oxirida prezident Vladimir Zelenskiy kiritgan edi.
Hujjat bilan impichment e’lon qilish uchun sabablar belgilanmoqda. Rada “davlatga xiyonat qilingan yoki boshqa jinoyat sodir etilgan holda” prezident vakolatlarini muddatidan oldin bekor qilishi mumkin.
Qonun loyihasini qabul qilish uchun 226 ta ovoz to‘plash kerak edi. Tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun 245 nafar parlament a’zosi ovoz bergan.
Izoh (0)