• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov sabab 12 yilga qamalgan samarqandlik tadbirkor Prezidentdan najot kutmoqda (1-qism)

    Samarqandlik Farida Burhonova turmush o‘rtog‘i, tadbirkor, “Almaz” va “Zolotoy dvorets” restoranlarining sobiq rahbari Sherzod Burhonov tergov jarayonlarining noto‘g‘ri olib borilishi va prokuraturaning sudga ta’sir ko‘rsatishi natijasida nohaq qamalganligini bildirib, “Daryo”ga murojaat qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchining ma’lum qilishicha, Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonovning ko‘rsatmasi asosida Sherzod Burhonovga 2017-yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a,v”, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi, 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 12 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    — Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 7-yanvar kuni prokuratura organlari xodimlari bilan uchrashuvda ikkita ish o‘rnini yaratgan tadbirkorni boshimda ko‘tarishga tayyorman deb aytgandi. Biroq, Samarqand viloyatining sobiq prokurori, Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonovning adolatsizliklari sababli turmush o‘rtog‘im qamalib ketdi, — deydi Farida Burhonova. — Samarqand viloyat IIB tergovchilari tergov harakatlarini noqonuniy ravishda olib borishdi. Turmush o‘rtog‘imning tadbirkorlik faoliyatini hujjatli taftish tayinlash haqida noto‘g‘ri qaror chiqarilgan. Barcha oshxona, kafe, restoran, to‘yxonalar yalpi daromadidan 5-10 foiz daromad solig‘i to‘lovi qonunda belgilangan bo‘lsada, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining tazyiqi bilan hamma turdagi soliqlarni noqonuniy to‘lamagan deb xulosa chiqargan.

    Farida Burhonovaning ma’lum qilishicha, turmush o‘rtog‘ining ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari ham noto‘g‘ri amalga oshirilgan. Xususan, “Registon Almaz Invest” xususiy korxonasida 2016-yilning 29-sentabr kungi Samarqand viloyat IIB katta tergovchisi S.Odilov va Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimi D.G‘aniyev tomonidan o‘tkazilgan kameral nazorati o‘rganishlari ham bir tomonlama, ya’ni Sherzod Burhonovga qanday bo‘lmasin ayblov qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan.

    “Registon Almaz Invest” xususiy korxonasi Prior Consult soliq maslahatchilari tashkiloti MChJ tomonidan to‘liq qayta taftish qilinib, Sherzod Burhonovning faoliyati davomida hech qanday noqonuniy xatti-harakatlar bo‘lmaganligi, Samarqand viloyat IIB tergovchilari tomonidan o‘tkazilgan taftish mutlaqo noto‘g‘ri tarzda ko‘rilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan bo‘lsada, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi B.Aliqulov jinoyat ishini ko‘rish davomida Bahodir Dehqonovning ko‘rsatmasi asosida dalillarni hisobga olmagan holda hukm o‘qigan.

    Foto: “Almaz” restorani

    Foto: “Almaz” restorani

    — Aslida mening nomimda bo‘lgan “Almaz” va “Zolotoy dvorets” ijara asosida faoliyat ko‘rsatgan. Sherzod Burhonovga tegishli xususiy korxonalarda jami 10 milliard so‘mdan ortiq daromad ko‘rib, barcha soliqlardan 3,5 millard so‘m soliq to‘lamagan deb xulosa berishgan. Zararni qoplash uchun va legallashtirilgan mulk deb 6 milliarddan ortiq mulkimiz xatlanib olindi. “Almaz” va “Zolotoy dvorets” to‘yxonalari sud hukmi bilan musodara qilindi, — deydi Farida Burhonova.

    Prior Consult soliq maslahatchilari tashkiloti MChJ tomonidan Samarqand viloyat IIB katta tergovchisi S.Odilov va Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyasi xodimi D.G‘aniyev tomonidan o‘tkazilgan kameral nazorati o‘rganishlari ham bir tomonlama amalga oshirilganligi aniqlangan. Natijada tekshiruvchilar korxonaning 2010—2016-yillardagi kameral nazorati o‘rganishlari to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosa bergan. Vaholangki, Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 9-fevraldagi “Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini kameral nazoratdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 30-sonli buyrug‘ining 17-bandi 3-xatboshisiga muvofiq, 2016-yilning 25-oktabridan uch oy mobaynida kameral nazoratdan o‘tkazilishi, 2010—2015-yil yakunlari bo‘yicha 17-band 4-xatboshisiga asosan, yil yakuni bo‘yicha yillik taqdim etiladigan hisobotlar bo‘yicha taqdim etilishi belgilangan kundan boshlab 1-mayga qadar kameral nazorat amalga oshirilishi lozim edi.

    Biroq, DSI tomonidan yuqoridagi buyruqda belgilangan tartibga amal qilinmasdan, Samarqand viloyat IIB Tergov bo‘limi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga va iqtisodiy tahlil usullari asosida 2010—2015-yakunlari va 2016-yil iyul oyidan sentabr oyigacha bo‘lgan davri 2016-yilning 17-oktabriga qadar tartibga zid ravishda kameral nazorati o‘tkazilgan.

    Foto: “Zolotoy dvorets” restorani

    Foto: “Zolotoy dvorets” restorani

    Ushbu buyruqning 15-bandida soliq to‘lovchining joylashgan joyidan kelib chiqqan holda aniqlanishi ko‘rsatilgan. Biroq, tekshiruvchi tomonidan buyruq talablariga amal qilinmasdan Samarqand viloyat IIB Tergov bo‘limi tergovchisi tomonidan taqdim qilingan so‘roq bayonnomalari ma’lumotlari va tekshirish davomida to‘plangan ma’lumotlar, olingan tushuntirish xatlari asos qilinib, 2010—2015-yillar yakuni va 2016-yilning 8 oyi uchun soliqqa tortiladigan baza 10 milliard so‘mga kam ko‘rsatilgan va davlat budjetiga 603 million so‘m yagona soliq to‘lovi to‘lanmay qolgan deb noto‘g‘ri xulosa qilingan.

    Eng asosiysi, Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 4-martdagi “Soliq to‘lovchilarda soliq tekshiruvlarini tashkil qilish, o‘tkazish va hujjat bilan rasmiylashtirishga doir uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash haqida”gi 52-sonli buyrug‘ining 16-bob, 56-bandida soliq tekshiruv dalolatnomasida tekshirish davomida aniqlangan soliqqa oid va boshqa huquqbuzarliklarning hujjatlar bilan tasdiqlangan dalillari, izchil bayon etilishi yoki boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ko‘rsatilgan holda aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etishga doir tekshiruvchilarning xulosalari qayd etilishi kerakligi belgilangan bo‘lsada, tekshiruv tomonidan kam ko‘rsatilgan soliqqa tortiladigan bazaning qanday hisoblanganligi umuman yoritilmagan.

    Tekshiruv tomonidan 2011—2015-yillar uchun Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi 595-sonli qarori ish haqi fondidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga biror so‘m hisoblanmaganligi umuman ifodalanmagan.

    Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 31-mayda 2110-son bilan ro‘yxatga olingan “Soliq to‘lovchilar tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 17-bandiga zid ravishda 2011—2015-yillar va 2016-yil 1-sentabr kuniga qadar 10 milliard so‘m ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushgan naqd pullarni nazorat kassa mashinasidan cheklar urmasdan xizmat ko‘rsatuvchi bank kassalariga inkasatsiya xizmati orqali topshirmasdan boshqa maqsadlar uchun ishlatib yuborilgan, deb noto‘g‘ri xulosaga kelingan.

    — Tergovchilar tomonidan to‘lanmagan soliq miqdori 1 milliard so‘m deb aniqlanib, boshqa firibgarlik va tovlamachilik, pora berish jinoyatlaridan ko‘rilgan zarar 1 milliard 700 million so‘mga yaqin hisoblandi. Shundan 890 million so‘mlik avtomashina va “Zolotoy dvorets” qurilishiga qolgan mablag‘, ya’ni 700 million so‘m ishlatilib, legallashtirilgan deb ko‘rsatilgan, — deydi Farida Burhonova. — Sud qarori bilan aynan “Zolotoy dvorets” restorani tergov davomida aniqlangan 4 milliard 300 million so‘mlik narxi ko‘rsatilmasdan to‘liq davlat foydasiga o‘tkazildi. Eng qizig‘i, keltirilgan zarar sifatida qayd etilgan mablag‘ to‘liq qoplangan bo‘lsada, turmush o‘rtog‘imga 12 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Vaholanki, Sherzod Burhonovga Jinoyat Kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash aybi qo‘yilgan. Mazkur moddada qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi, deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, Samarqand shahar sudi sudyasi B.Aliqulov buni inobatga olmagan.

    Dastlabki sud hukmi kasatsiya instansiya sudida ham o‘z kuchida qoldirilgan. Sudning chiqarilgan asossiz qarori sababli Farida Burxonovaga tegishli bo‘lgan mol-mulklar musodara qilinib, uning manfaatiga jiddiy zarar yetkazilgan. Sudda Sherzod Burhonov 1 milliard 700 million so‘m zarar yetkazgani aniq dalillar bilan isbotlanmagan bo‘lsada, pora predmeti uchun 107 million so‘m undirish belgilangan.

    Farida Burhonovaning ta’kidlashicha, sud unga tegishli bo‘lgan 5 milliard 200 million so‘mlik mulkni asossiz ravishda davlat foydasiga o‘tkazib yuborishi natijasida unga 3 milliard 400 million so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.

    Oliy sud Plenumining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2011-yil 11-fevraldagi qarori 7-bandi ikkinchi xatboshida “Agar shaxsni JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblashga doir ishni ko‘rish chog‘ida pul mablag‘lari yoki mulkning muayyan qismi jinoiy yo‘l bilan orttirilmaganligi aniqlansa, ular JPK 211-moddasi 4-bandiga asosan qonuniy egasiga qaytarilishi lozim”, deb belgilab qo‘yilgan.

    Biroq, Samarqand viloyat prokuraturasi va viloyat sudi asossiz ravishda Farida Burhonovaning talablarini rad qilib kelmoqda.

    Qiziq jihati shundaki, “Zolotoy dvorets” restoranida “Malika Lazzat taomlari” oilaviy korxonasi ijara asosida faoliyat ko‘rsatib kelgan va tashkilot rahbari mutlaqo boshqa kishi bo‘lgan. 2016- yilning 20-sentabr kuni Samarqand viloyati IIB tergov bo‘limi katta tergovchisi S.Odilov va Samarqand shahar DSI xodimi A.Ahmedov tomonidan mazkur restoranda ham kameral nazorat noto‘g‘ri o‘tkazilgan.

    Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 31-mayda 2110-son bilan ro‘yxatga olingan “Soliq to‘lovchilar tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 12,13,14 va 15-bandlariga zid ravishda soliqqa tortiladigan baza 1 milliard 876 million 550 ming so‘m kam ko‘rsatilishi natijasida davlat budjetiga 93 million so‘m yagona soliq to‘lovi qo‘shimcha hisoblab yuborilgan.

    Soliq Kodeksining 85-moddasida (Soliq tekshiruvi va shakllari) soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi (taftish) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to‘lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslanishi belgilab qo‘yilgan. Soliq Kodeksining 359-moddasida hisobot davri kalendar yil va yil choragi ekanligi, ya’ni korxona tomonidan 2016-yilning iyul va sentabr oylari uchun (3-chorak uchun hisobot davri 25-oktabr) soliq hisob-kitoblari taqdim etilmagan bo‘lsada, tekshiruvchi tomonidan 2016-yilning 1-oktabrigacha bo‘lgan davr Soliq Kodeksining 85-moddasiga zid ravishda tekshirishdan o‘tkazilib, noto‘g‘ri tahlil qilingan va noaniq summalar bilan solishtirilib, natijada soliqlar qo‘shimcha hisoblangan.

    — Sud o‘z hukmini chiqarishda turmush o‘rtog‘imga tegishli bo‘lmagan shaxslarning mol-mulkini davlat foydasiga o‘tkazish to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosaga kelgan. Xususan, Rauf Fayziyev nomiga rasmiylashtirilgan 95 million so‘mlik Mazda 626, Abdunabi Jo‘raqulov nomiga rasmiylashtirilgan 117 million so‘mlik Captiva, Parviz Hamroqulov nomiga rasmiylashtirilgan 83 million so‘mlik Captiva, Tolib Umarov nomiga rasmiylashtirilgan 105 million so‘mlik Malibu va o‘zimning nomimda bo‘lgan 255 million so‘mlik Mazda-6 rusumli avtomobillarni davlat foydasiga o‘tkazib yubordi, — deydi Farida Burhonova. — Nahotki, sud bu avtomashinalar boshqa kishiniki ekanligini bilmagan bo‘lsa?

    Farida Burhonova Bosh prokuratura tomonidan sud qarori qaytadan ko‘rib chiqilib, unga protest kiritilishini istamoqda.

    — Samarqand viloyati IIB katta tergovchisi S.Odilov turmush o‘rtog‘imga “biz yuqoridan buyurilgan buyruqni bajarayapmiz. Siz yuz foiz qamalasiz. Sizga hech kim yordam berolmaydi. Buning orqasida qanday kuchlar turganini tasavvur ham qilolmaysiz”, degandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, buning ortida Samarqand viloyatining sobiq prokurori, Oliy sud raisi o‘rinbosari Bahodir Dehqonov turgan ekan, — deydi Farida Burhonova.

    Ma’lumot uchun, Sherzod Burhonov hukm o‘qilganidan so‘ng 2 yil 11 oy qamoqda o‘tirdi. Ikki oydan buyon manzilli koloniyada jazoni o‘tamoqda.

    (Davomi bor)

    09.09.2019, 07:49   Izoh (0)   89125
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda ishlagani Isroilga ketaman deb o‘ylagan ayol 8 ming dollardan ayrildi

    08.09.2019, 22:55

    Toshkent 2000 yillik Mingo‘rikdan mahrum bo‘lishi mumkin. Yodgorlikda olimlarni xavotirga solayotgan yoriqlar paydo bo‘lgan

    08.09.2019, 22:34

    O‘zbekistonda shu kunga qadar ta’lim sifatini baholash bo‘yicha aniq mezonlar bo‘lmagani tan olindi

    08.09.2019, 21:54

    Toshkent shahar IIBB Shayxontohurdagi xonadondan ichida katta miqdorda pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketgan uch o‘g‘riga internet orqali murojaat qildi

    08.09.2019, 19:52

    Innovatsion rivojlanish vaziri Namanganda bolalik payti har kuni 3-4 kilometr yo‘l bosib, maktabga piyoda borib kelganini esladi

    08.09.2019, 19:10

    “O‘zatom”: O‘zbekistonda AES quriladigan maydoncha MAGATE talablariga mos keladi

    08.09.2019, 18:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.