• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona tug‘ruqxonasida ayollar yangi tug‘ilgan chaqaloqlari bilan polga yotqizib qo‘yilganiga munosabat bildirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona bo‘limida ayollar va chaqaloqlar shifoxona muolaja xonasida pol qismida yotib davolanayotgani aks etgan videolavha tarqalgan edi. Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida ishchi guruhi tuzildi va o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

    Foto: “Togri.uz”

    Foto: “Togri.uz”
    “O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona bo‘limi 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda bu yerda 20 o‘rinli ginekologiya xonalarida 18 nafar, 40 o‘rinli patologiya xonalarida 38 nafar va 60 o‘rinli tug‘ruqxonalarda 52 nafar bemor davolanmoqda. Ushbu bo‘limlarning barchasida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

    Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, TTBning mazkur bo‘limida shu yilning 31-avgustidan 3-sentabriga qadar jami 42 nafar ayolda tug‘ruq holati qayd etilgan.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ayni paytda O‘zbekiston tumaniga yondosh hisoblangan qo‘shni Furqat tumanidagi tug‘ruqxonada ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bois, ushbu hududdagi homilador ayollar uchun O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona bo‘limida qo‘shimcha yana 10 ta o‘rin-joy zaxirasi shakllantirilgan. Biroq, aynan 31-avgustdan 3-sentabr kuniga qadar tug‘ruqxonaga murojaat qilgan ayollarning soni ortgan.

    Qolaversa, ushbu sanalarda bayram munosabati bilan dam olish kunlari e’lon qilinganiligi sababli tuman FHDYo bo‘limidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning olish imkoniyati bo‘lmagan. Bu esa, o‘z navbatida, yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga uyiga ketishiga ruxsat berilmasligini anglatadi. Shu bois O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida bemorlarning soni ortgani va tug‘ruq kompleksi o‘rinlarining mavjud imkoniyatlari chegaralanganligi, eng muhimi, to‘lg‘oq bilan kelgan homilador ayollarga tezkorlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati sabab bir necha nafar ayolga ma’lum muddat binoning muolaja xonasida vaqtincha dam olishi uchun joy tayyorlangan. Ammo bu holat tezlikda bartaraf etilib, homiladorlar va ko‘zi yorigan ayollar maxsus xonalarga joylashtirilgan.

    Ayni paytda tug‘ruqxona bo‘limida barcha shart-sharoitlar yetarli, ayollar va chaqaloqlar maxsus o‘rin-joylarda yotib davolanmoqda. Ularga malakali shifokorlar tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

    Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan kelgusida yuqoridagi singari holatlarlarning oldini olish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi mutasaddilariga tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

    05.09.2019, 19:14   Izoh (0)   46688
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida jurnalistga kuch ishlatilgani holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi

    05.09.2019, 18:58

    Davlat xizmatlari agentligi xizmat mashinasiga nega oziq-ovqat mahsulotlari ortilganiga aniqlik kiritdi

    05.09.2019, 18:43

    Samarqanddagi hadis ilmi maktabida ilk o‘quv yili boshlandi

    05.09.2019, 18:27

    Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori kuchli 10 talikdan joy oldi

    05.09.2019, 16:26

    “Nukus-farm” erkin iqtisodiy zonasi qayta nomlandi

    05.09.2019, 16:10

    Buxoro universiteti kutubxonasidan Usmon Mus’hafidan bir asr avval olingan nusxa topildi

    05.09.2019, 15:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23

    Xitoy hukumati armiya haqida noqonuniy kontent joylashtirgan bir qator onlayn manbalarni aniqladi

    Dunyo | 16 avgust, 13:15

    O‘zbekistonliklarning Koreyaga safarlari 48,7 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 12:59

    Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 12:59

    Janubiy Koreyada jinoyatchilikni kamaytirish uchun golografik politsiyachi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 16 avgust, 12:35

    Ueyn Runi Angliya Premyer Ligasi favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi

    Sport | 16 avgust, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.