Avgust oyida Chechenistonning Shali shahrida yirik masjidning ochilishi va xalqaro Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Musobaqada 25 davlatdan hofizi Qur’onlar ishtirok etdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Yo‘ldosh qori Nuriddinov himoya qildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rin sohibiga 100 ming dollar, ikkinchi o‘ringa 50 ming dollar, uchinchi o‘ringa esa 25 ming dollar miqdorida mukofot pullari topshirildi.
1-o‘rin: Liviya
- Ishtirokchi: Abdurahmon al-Bashir Solim
- Rivoyat: imom Qolunning imom Nofe’dan rivoyati
- Ball: 100
- Ishtirokchi: Abdulmajid Mujohid Aliy as-Samoviy
- Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati
- Ball: 99.97
- Ishtirokchi: Ahmad Muhammad Umar
- Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati
- Ball: 99.90
Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov 23-avgust kuni Chechenistonda Samarqand va Buxoro mumtoz me’morchiligi uslubida o‘zbek me’morlari tomonidan barpo etilgan Yevropadagi eng yirik masjidni ochgan edi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov va Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Rustam Qosimov Toshkentdagi Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanadigan eng qadimiy Qur’on qo‘lyozma nusxasini taqdim etgan.
Izoh (0)