• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda yana “snos” muammosi: Uyi va dorixonasi buzib tashlangan tadbirkor 4 yildan beri haqini ololmay sarson bo‘lmoqda

    2015-yili 126 kvadrat metr maydonga ega uyi va dorixonasi buzib tashlangan qarshilik tadbirkor G‘anisher Nurillayev 4 yildan beri haqini ololmay sarson-sargardon bo‘lmoqda. Tadbirkor bu haqda “Daryo”ga murojaat qilib, adolatsizlik omma e’tiboriga havola qilinishini istadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkor murojaatini o‘rgangan “Daryo” muxbirining yozishicha, 2015-yili sobiq O‘zbekiston, hozirgi Islom Karimov ko‘chasida buzib tashlangan 36 ta turar joy egalarining aksariyati qurilish tashkiloti — “Hamrayev Erkin ta’mir binokor” rahbariyatidan norozi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — 2015-yil avgust oyida Qarshi shahar hokimligi va qurilish tashkilotidan kafolat xati berishdi, — deydi tadbirkor G‘anisher Nurillayev. – Kafolat xatida menga tegishli mulk Prezidentning 2013-yil 25-iyuldagi “Qarshi shahrini kelajakda qayta qurish rejasi va zamonaviy yo‘l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish davlat Dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlarga xalal berishi va qizil chiziqqa tushgani xususida aytishdi. Va buzib tashlanajak uyim va dorixonam uchun yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning birinchi qavatidan umumiy foydalanish maydoni 50 kvadrat metr va yerto‘lasi shuncha maydondan iborat noturar joy hech qanday to‘lovlarsiz berilishi ma’lum qilingandi.

    Qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, menga ajratiladigan noturar joy 2016-yil avgust oyida berilishi lozim edi. Ammo mana to‘rt yil o‘tyaptiki, haligacha buzilgan uyim va dorixonam uchun haqimni ololmayapman. ‘bugun beraman, ertaga beraman’, degan yolg‘onlar bilan qo‘ynimni puch yong‘oqqa to‘ldirishmoqda”.

    Tadbirkorning aytishicha, buzilgan eski uy va dorixonaning umumiy maydoni 126 kvadrat metrni tashkil qilib, har ikkala mulk uchun alohida-alohida — 2 ta kadastr hujjati mavjud bo‘lgan.

    Tadbirkor G‘anisher Nurillayevning turmush o‘rtog‘i Tursuntosh Panjiyevaning aytishicha, qurilish tashkiloti rahbari shartnomada Olim Bahriddinov deb ko‘rsatilsa-da, ammo ular Erkin Hamrayev bilan kelishishgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bizning buzib tashlangan uyimiz va dorixonamiz hozirgi yangi qurilgan ko‘p qavatli uyning markaziy qismida joylashgani bois, Erkin Hamrayev xohlagan joyingizdan sizga noturar joy ajratib beraman degandi, — deydi Tursuntosh Panjiyeva. — Ammo va’dalar bajarilmadi. Ko‘p qavatli uy bitgach, o‘zgarishdi. Har safar borsak, “bugun keling, ertaga keling” deya alday boshlashdi. Shunda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevga murojaat qildik. Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilov o‘rtaga tushib, viloyat hokimiga “bu opaning ishini o‘zim hal qilib beraman” deb va’da berdi va bizni tinchlantirishga urindi.

    Tursuntosh Panjiyevaning ma’lum qilishicha, ular viloyat hokimi qabuliga kirgach, Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilov ularga joy berilganini aytib, yangi qurilgan ko‘p qavatli uyning pastki qavatidagi noturar joy va unga kirib-chiqish rejalashtirilgan yo‘lakni ko‘rsatgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Viloyat hokimiga murojaatimizdan so‘ng Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilov hamda qurilish tashkiloti rahbari Erkin Hamrayev yangi qurilgan ko‘p qavatli uyning birinchi qavatidan joy ko‘rsatishdi, — deydi G‘anisher Nurillayev. — Ko‘p qavatli uyning chekka qismida joylashgan joyni ko‘rsatib, “mana shu noturar joy sizga beriladi”, deyishdi. Loyiha bilan meni tanishtirib, dorixona uchun mo‘ljallangan xonadan yerto‘laga mana bu joydan kirib-chiqasiz deb yo‘lak ham ko‘rsatishdi. Yerto‘lada suv quvurlari joylashgani bois, bizga ma’qul kelmadi. Quvur yoriladigan bo‘lsa, yerto‘lada saqlanishi lozim bo‘lgan dorilarimiz yaroqsiz holga kelishini tushuntirdik. Yerto‘la ma’qul kelmagach, uning yonidagi yerto‘lani ta’mirlab dori saqlash uchun tayyor holatga keltirib berishlarini aytishdi. Xo‘p dedik. Ammo ular yana va’dasidan qaytishdi.

    G‘anisher Nurillayevning aytishicha, qurilish tashkiloti rahbari endilikda dorixona uchun mo‘ljallangan xonadan yerto‘laga kirib chiquvchi yo‘lakni berish fikridan qaytgan va uni alohida xona qilib sotib yuborgan. Dorixonadan yo‘lakka chiquvchi qo‘shimcha eshik ham yopilib, eshiklar o‘rnida g‘isht terilgan. Xullas, dorixona va yerto‘laning bog‘liqligi yo‘qolgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuvlarimizdan anglashilishicha, haqiqatdan ham tadbirkor G‘anisher Nurillayevga berilishi rejalashtirilgan noturar joyning asosiy kirish eshigidan tashqari yo‘lakka chiqish uchun ham eshik o‘rnatilgan. Ammo nimagadir eshik olinib, o‘rni yopilgan. Qolaversa, yerto‘laga tushuvchi zinapoyalar ham olinib, qo‘l uchida yopib qo‘yilgan.

    — Loyihada alohida eshik va yerto‘laga tushuvchi zina bo‘lishi ko‘rsatilgandi, — deydi tadbirkor. — Loyiha komissiya ko‘rigidan o‘tgach, endi eshik o‘rni yopilib, yo‘lak ham alohida xona shakliga keltirildi va sotildi. Eng yomoni, yerto‘laga tushuvchi zinapoyalar ham olinib, qo‘l uchida yopib qo‘yildi. Bu ushbu binodan foydalanuvchilar uchun judayam xavfli holatga kelganidan darak beradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qurilish tashkiloti mas’ullari avval o‘rnatilib, yaqin kunlarda olib tashlanayotgan eshikni o‘zlarining ehtiyoji uchun o‘rnatishganini aytishmoqda, biroq bu eshikni o‘rnatishdan maqsadni tushuntirishmadi. To‘g‘rirog‘i, tayinli sabab keltirisholmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bu eshikni o‘zimiz uchun o‘rnatgandik, — deydi qurilish tashkiloti mas’uli Yashin Eliboyev. — Shuning uchun endi olib tashladik. Bu alohida xona deb qurilgan. Yo‘lak bo‘lmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yashin Eliboyevning ta’kidlashicha, tadbirkor uchun noturar joy tayin qilib qo‘yilgan. Faqat uning o‘zi kelib ariza topshirmagan. Hujjatlashtirish ishlarini qilishga shoshilmagan.

    — Qarshi shahar hokimligi tarkibida uy-joy bo‘limi bor, o‘sha yerga borib ariza topshirishi kerak edi, — deydi Yashin Eliboyev. — Keyin davlat mulk qo‘mitasidan ruxsat berib, so‘ng kadastr hujjatlari qilinardi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Jurnalistik surishtiruvlarimiz davomida tadbirkor va quruvchi o‘rtasidagi mojaroni tinglagan Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazov qurilish tashkiloti mas’uli Yashin Eliboyevga tadbirkorni rozi qilishi lozimligini aytib, dorixona va dori-darmon saqlovchi omborning bog‘liqligini ta’minlab berishi lozimligini aytdi. Hokim o‘rinbosari hozir taklif qilinayotgan holatda dorixona va ombor o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligini ham tan oldi va quruvchiga bu masalani o‘ylab, bir kundan so‘ng taklif berish haqida topshiriq berdi. Tadbirkorning aytishicha, bir kun muddat o‘tgach quruvchi tadbirkorga “xohlagan joyingga borib shikoyat qil, dorixonaga kirib-chiquvchi yo‘lakni bermayman”, — degan javobni aytgan.

    Qurilish tashkilotining ayni kundagi mas’uli Yashin Eliboyevning qo‘shimcha qilishicha, tadbirkor dorixona yerto‘lasiga kirib-chiqish uchun aylanma yo‘ldan yurishga majbur. Dorixonaga kirib-chiqish uchun bitta eshik ham kifoya.

    — Bu muammoni faqatgina viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev hal qilib berishi mumkin, — deydi tadbirkorning turmush o‘rtog‘i Tursuntosh Panjiyeva. — Shahar hokimligi bu masalada ojizlik qilmoqda. Yoki shahar hokimi bu muammodan ko‘z yummoqda. Qurilish tashkiloti egasi “qayerga borsang bor”, degan gapni aytyapti. Ming afsuski, viloyat hokimi qabuliga kirolmayapmiz. Bir necha marta bordik, topolmadik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, “Hamrayev Erkin ta’mir binokor” qurilish tashkiloti sobiq O‘zbekiston ko‘chasidagi 36 ta turar joy binosini buzib, o‘rnida 103 ta turar joy va hatto o‘zlariga ham noma’lum bo‘lgan noturar joy binolarini qurgan.

    Ushbu qurilish tashkiloti qurgan uylarda yashovchi 73 yoshli Muyassar Omonova hamda Norxol Alimovalar ham yangi qurib berilgan uylarning ahvolidan shikoyat qilmoqda. Ushbu ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning aytishicha, qurilish tashkiloti yangi qurilgan uylarga isitish uchun “batareya”lar o‘rnatgan-u, “kotyol”ni yodidan chiqargan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ko‘chib o‘tganimizga 3 yil bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan 3 yil davomida qishda uyni isitolmay ovoramiz, — deydi Norxol Alimova. — Eng kulgilisi, biz uchun qurib berishgan yangi uylarda isitish “batareya”lari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, qozonxona o‘rnatilmagan. Qishda uyni qanday isitamiz deb boshimiz qotadi. Qurilish tashkiloti mas’ullariga bir necha marta aytdik. Ular “snos”chilarga berilgan uyga “kotyol” o‘rnatilmasligi, sotilgan uylarga qo‘yib berishlarini aytishgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qurilish tashkiloti mas’uli Yashin Eliboyev ushbu shikoyatlarga javob berar ekan, bu muammodan xabari yo‘qligini, “kotyol” muammosi bir haftada bartaraf etilishini aytdi.

    — “Kotyol” muammosidan tashqari uy berish borasida ham juda pala-partish ish qilishgan, — deydi 84 yoshli Ismat bobo Murodov. — Mening eski uyim birinchi qavatda joylashgandi. Bular menga 3-qavatdan uy berishdi. Eng yomoni, 3 xonali uyim 2 xonaga aylanib qoldi. Ustiga-ustak, kampirim 73 yosh, o‘zim 84 yosh bo‘la turib 3-qavatga zo‘rg‘a chiqamiz. Chiqsak tusholmaymiz, tushsak chiqolmaymiz. Nega uy berishayotganda yoshimizni, ahvolimizni hisobga olishmadi?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    91 yoshli otaxon Eshquvvat Panjiyev ham shu muammodan shikoyat qilmoqda.

    — Mening eski uyim 4 xonali edi, menga 3 xonali uy berishdi, — deydi 91 yoshli otaxon Eshquvvat Panjiyev. —Buzib tashlangan eski uyimiz nogiron qizim Jumaxol Panjiyevaning nomida edi. Nogiron qizim ham endi yuqori qavatda yashashga majbur. Ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan uy berishgani uchun shahardagi uyimda yasholmayapman. Qishloqqa qaytishga majbur bo‘lyapman. Boisi tushib-chiqishga qiynalaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryolik tadbirkor G‘anisher Nurillayev bilan suhbatimiz so‘ngida u dorixona tashkil etganiga 25 yil bo‘lganligi, shu kasbining orqasidan 4 nafar farzand ulg‘aytirganini aytdi. Uning aytishicha, buzilishlar sabab so‘nggi 4 yilda nafaqat o‘zi, balki qo‘lida ishlovchi 4 nafar ishchisining ham xonadoniga daromad kirmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ammo buni gapirmayapman, jim turibman, - deydi G‘anisher Nurillayev. — Yurtimiz farovonligi uchun shunday buzilish va qurilishlar kerakligini bilaman. Vaziyatni tushunib, 4 yillab kutsam-da, bugun oyoqosti qilishmoqda. Ochiqchasiga ustimdan kulib, haqimni yeb ketishyapti. Ayting-chi, shu adolatdanmi?

    “Daryo” tahririyati Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahar hokimliklari ushbu muammoga e’tibor qaratib, adolatli qaror chiqarishda tashabbus ko‘rsatishidan umidvor. Tahririyat mavzuga albatta qaytadi.

    03.09.2019, 16:31   Izoh (0)   30724
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dilshod Eshnayev Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Nuriymon Abulhasanning o‘rnini egalladi. U ham DXXdan

    03.09.2019, 15:31

    Fotoreportaj: Harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan yarim marafon yakuniga yetdi

    03.09.2019, 15:01

    Namanganda maishiy chiqindilardan ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi

    03.09.2019, 14:22

    Andijonda xalq ta’limiga berilgan 34 kollejning 15 tasida yangi maktab tashkil etildi

    03.09.2019, 13:53

    Jomboyda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jabrlandi. Asosiy ma’lumotlar

    03.09.2019, 13:05

    Maktablar reytingini aniqlash jarayonida uchragan soxtalashtirish holatlari haqida ma’lumot berildi

    03.09.2019, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.