AQSh milliy okeanografiya va atmosfera tadqiqoti boshqarmasi (NOAA) olimlari Atlantika okeanidagi “Dorian” to‘foni epimarkazidan o‘tayotgan samolyot videosini ko‘rsatdi. Video NOAAning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan.
https://twitter.com/NOAA_HurrHunter/status/1168365343103959040
“RBK”ning yozishicha, video 1-sentabrda, bo‘ron Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha eng yuqori, 5-ko‘rsatkichga chiqqanida olingan.
Video Lockheed WP-3D Orion samolyoti bortidan olingan bo‘lib, NOAA shunday samolyotlarning ikkitasidan yer yuzi yoki sun’iy yo‘ldoshdan olishning imkoni bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘rta balandikda olishda foydalanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq to‘fon sabab Katta Bagam va Abako orollaridagi 13 mingga yaqin uy to‘liq vayron bo‘lgani hamda besh kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)