Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mansabdor shaxslarni karlik va yopiqlikda aybladi, deb xabar berdi Tengrinews.
U prezident administratsiyasida davlat organlari tomonidan fuqarolar murojaati ko‘rib chiqilishi sifatini nazorat qiluvchi bo‘lim tashkil etilishini ma’lum qildi.
“Markazda va chekka tumanlarda odamlar aksariyat hollarda mansabdorlarning karligi va yopiqligi oqibatida prezidentga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda. Ma’lum bir sohada qarorlarning adolatsizligi haqida takroriy shikoyatlar muayyan davlat organida yoki murojaatlarga javob qaytarishda tizimli muammolar mavjudligini anglatadi”, — deydi To‘qayev.
Izoh (0)