Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatida faoliyatining ilk 100 kunidan so‘ng “Xalq xizmatkori” serialida bosh vazir rolini o‘ynagan aktyor Stanislav Boklanga intervyu berdi — suhbatning to‘liq shaklini bu yerda (ukrain tilida) ko‘rish mumkin. Meduza esa ushbu intervyuning qisqacha bayonini havola qildi.
Men ijtimoiy tarmoqlarda shaxsan o‘zim komment yozib, savollarga javob beraman. Murakkab masalalar bo‘yicha rafiqam bilan maslahatlashaman, chunki menga atrofimda haqiqatni gapiradigan odamlar kerak. Ishga velosipedda qatnashimga ruxsat berishmayapti — bu xavfli. Putin bilan o‘rtamizda hech qanday munosabat yo‘q. Men unga dengizchilar masalasida qo‘ng‘iroq qildim, chunki undan boshqa hech kim ularni bizga qaytarib bermaydi. Tashqi ishlar vazirligidagilar meni bu ishdan qaytarishga urindi, ular uchun bu siyosiy masala bo‘lsa, men uchun — insoniylik masalasi. AQSh bizni qo‘llab-quvvatlayapti, lekin biz qo‘limizni cho‘zib ularning oldida turmaymiz. Korrupsionerlarni qamash ishlari kuzda, aksilkorrupsiyaviy sud ishga tushgach boshlanadi. Biz Medvedchukning partiyasi qaysi mamlakatdan turib moliyalashtirilayotganini bilamiz — bu ishning oxiri juda ham yomon bo‘ladi. Milliy ozchiliklarning huquqlarini himoya qilish kerak: ularning tili va e’tiqodini himoya qiluvchi qonun bo‘lishi kerak.Vladimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti
Izoh (0)