• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Uch qahramon, “O‘zbekkosmos”ning tashkil etilishi, prezident va blogerlar, hukumatdagi rokirovkalar

    Tarixga aylangan hafta hukumat tizimidagi keskin kadr almashtirishlar bilan yoziladigan bo‘ldi. Prezident ko‘plab arboblarni taqdirladi. Eng muhimi – bu hafta amaldorlarimiz sira qovun tushirmadi. Mustaqillik arafasi tinch va ko‘tarinki kayfiyatda kechdi. Dayjestimizni boshladik.

    O‘zbekiston endi fazoni o‘zlashtiradi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) tashkil etilmoqda. Belgilanishicha, stratosfera va uchuvchisiz uchish apparatlari, shuningdek, Yerni masofadan turib zondlash va yo‘ldoshli aloqa kosmik apparatlarini qo‘llagan holda davlat organlariga masalalarni hal etish samaradorligini oshirishda ko‘maklashish hamda boshqa bir qator ishlar “O‘zbekkosmos”ning vazifasiga kiradi. “O‘zbekkosmos” agentligi bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

    * * *

    Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, bir guruh o‘zbekistonliklar va O‘zbekiston bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgan xorijliklar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi raisi Musa Yerniyazov, farg‘onalik fermer Lola Murodova hamda  “Nuroniy” jamg‘armasining Samarqand bo‘limi raisi Hasan Normurodovlar “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev “Mehnat shuhrati” ordeni, Frederik Star, Helena Freyzer, Trent Kelli, Jon Makgregor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Ular minnatdorchilik nutqini o‘zbek tilida so‘zladi.

    Qator madaniyat arboblari ham unvonlardan benasib qolmadi. Adib Xudoyberdi To‘xtaboyev, aktyor Afzal Rafiqov, xonandalar Sevara Nazarxon, Munojat Yo‘lchiyeva, Zamira Suyunova, aktrisa Klara Jalilova va boshqa ko‘plab fan, adabiyot, san’at vakillari ham mukofotlandi. Bu yilgi taqdirlashlarning e’tiborga molik tarafi shundaki, mustaqillik davrida oliy davralardan uzoq turgan, yuz yoshni qoralagan yozuvchi va shoir Shukrullo ham “Mehnat shuhrati” ordeni bilan qutlandi.

    100 yoshdan oshgan 14 nafar fuqaro “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

    Bundan tashqari, ko‘plab viloyat hokimlari, qator tumanlar hokimlari hamda apparat xodimi, Markaziy bank raisi va boshqa davlat mansabdorlariga orden-medallar taqildi. Materialda hajm cheklangani bois ularning ism-shariflarini ushbu havoladan o‘qib olishni tavsiya etamiz.

    * * *

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Samarqandda “Sharq taronalari” festivali ochilishi oldidan Shavkat Mirziyoyev  o‘zbekistonlik va xorijlik blogerlar bilan uchrashib selfiga tushdi. Taniqli bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev prezident bilan yonma-yon tushgan rasmini “tarixiy selfi” deya blogiga joyladi. AOKA raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva prezidentning blogerlar bilan uchrashuvini “tarixiy” deb atadi. Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda “Orangizda o‘zimizning qorako‘zlarimizni ko‘rib turibman. Bu menga iftixor bag‘ishlaydi. Bilingki, Prezident sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi”, dedi.

    * * *

    Bu hafta hukumat tizimida kadrlar almashinuviga boy bo‘ldi. E’tibor, asosan, yosh kadrlarga qaratilayotganini ta’kidlash joizdir. Keling, ushbu muhim o‘zgarishlar bilan dayjestimizda qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelgan Sherzod Qudbiyev prezidentning davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.

    Qahramon Quronboyev.

    Qahramon Quronboyev.
    Foto: “Daryo”

    “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi Qahramon Quronboyev endilikda davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisiga aylandi. Uning kelin-kuyov kortejini to‘xtatib yoshlarni taksiga o‘tirgizib yuborgani o‘tgan yili mashhur voqeaga aylangan edi.

    Xo‘sh, Quronboyev o‘rniga kim tayinlandi? Uning o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev. 23 yoshida Xalq ta’limi vaziriga o‘rinbosari bo‘lgan Alisher 25 yoshida ittifoq raisligiga tayinlanib, bir vaqtning o‘zida prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisiga birinchi o‘rinbosar ham bo‘ldi. Yoshlar ittifoqining yetakchisi yoshlardan bo‘lishi mantiqqa ham mos keladi.

    Nuriymon Abulhasan.

    Nuriymon Abulhasan.
    Foto: “Azon.uz”

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada ham kadrlar almashinuvi bo‘ldi. Qo‘mita raisi Jasur Akromov, rais o‘rinbosari — Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan ishdan ozod etildi. Hozircha ularning o‘rniga hech kim tayinlangani yo‘q.

    * * *

    Yaqinda nojoiz fotosuratlari tarqab ketgan Andijon shahri hokimi hafta boshida ishdan olindi. Uning o‘rniga vaqtincha boshqa odam qo‘yildi. Shundan so‘ng sobiqqa aylangan hokim Dilmurod Rahmatullayev videomurojaat bilan chiqib, “tarqalgan murojaat va muloqotlar yolg‘on”, dedi. “Buni Andijon shahri, viloyati va rahbariyatining obro‘siga putur yetkazish, deb o‘ylayman. Buni qoralayman, la’natlayman”, deb ta’kidladi. Uning oxirgi so‘zlari o‘zbek internetida mashhur bo‘lib ketdi va memlardan o‘rin oldi.

    Foto: “Fayzbog.uz”

    Internet saytlari ishtiroki bilan hokimbuva ishdan olinganidan so‘ng, odatdagiday, rasmiy nashrlar u haqdagi tanqidiy materiallarni ko‘p kuttirmadi. Viloyat hokimligi muassisligidagi “Andijonnoma” gazetasi Dilmurod Rahmatullayev avvallari 30 ga yaqin holatda qonun talablariga zid hujjatlarni imzolagani haqida yozdi.

    Mavzuga doir:

    Hafta ijtimoiy muammolari: Davlatning juniga shaxsiy juningni aralashtirma

    Dayjestimiz so‘ngida o‘quvchilarni Mustaqillik bayrami bilan qutlaymiz. Elimizga tinch-omonlik, turmushimizga farovonlik va baraka yor bo‘lsin. Bu hafta ko‘ngilli yangiliklarga boy bo‘ldi. Bunday keyin ham ko‘ngilli xabarlar ko‘paysin, deymiz. “Daryo” sizga har qanday xabarlarni tezkorlik bilan yetkazishda davom etadi.

    01.09.2019, 18:34   Izoh (0)   57603
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kattaqo‘rg‘on shahrida 62 metrlik flagshtok qad rostladi

    01.09.2019, 17:55

    Samarqandda 61 yoshli fuqaro tibbiyot kolleji tomon haydovchisiz harakatlanib borayotgan benzovozni to‘xtatib qoldi

    01.09.2019, 17:25

    Toshkentdan G‘uzorga taksi orqali berib yuborilgan 57 mln so‘m naqd manzilga yetib bormadi. Haydovchi ushlangan

    01.09.2019, 16:37

    Andijon viloyati rahbarlarini tanqid ostiga olgan jurnalistga o‘lim bilan tahdid qilishdi

    01.09.2019, 16:28

    Samarqandda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rahbari o‘zgardi

    01.09.2019, 16:16

    Foto: Toshkent markazida Mustaqillik bayrami qanday o‘tmoqda?

    01.09.2019, 15:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10

    Rossiya NATO chegarasidan 25 km uzoqlikda ulkan obyekt qurmoqda (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 17:08

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.