Toshkentning Olmazor tumanida yashovchi 42 yoshli A.X. 8-avgust kuni oqshomda “Toshkent savdo markazi” (sobiq “Abu Saxiy”) bozori oldidagi avtoturargohda qashqadaryolik 38 yoshli S.X.ga G‘uzor tumaniga yetkazib berish iltimosi bilan 57 million so‘m naqd pul bergan.
Lekin S.X. shu kunga qadar pullarni ko‘rsatilgan manzilga olib bormagan va o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Olmazorlik fuqarolik ushbu holat yuzasidan 30-avgust kuni Chilonzor tumani IIBga murojaat qilgan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)