O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodlik, yorug‘ kelajak va pok niyatlar ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.
O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari boshlandi. Poytaxtidagi tantanali tadbir 31-avgust kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)