Toshkent FVB navbatchilik qismining bergan birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, 28-avgust kuni soat 13:18 da Olmazor tumani, Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan Riviera savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruksiya qulashi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 4 nafar ishchi-xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohati olgan.
“Voqea joyiga Faqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va shahar FVB xodimlari yetib kelgan. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi”, — deyiladi FVV xabarida.
Izoh (0)