• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Don xalq rizqi” AJ faoliyati tugatilgan fermer bilan shartnoma tuzdi va don qabul qildi: oqibatda faoliyati qonuniy bo‘lgan chiroqchilik fermer aziyat chekmoqda

    “Daryo”ga Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida faoliyat yurituvchi fermer Alisher Pardayevdan murojaat kelib tushdi. Fermerning gapiga ko‘ra, “Don xalq rizqi” AJ faoliyati tugatilgan fermer bilan shartnoma imzolab, undan don qabul qilgan. Oqibatda g‘alla yetishtirishgacha bo‘lgan muddatda barcha ishni bajargan fermerning mehnati havoga uchmoqda. Don uchun to‘lanadigan mablag‘ bugungi kunga kelib o‘zgalar cho‘ntagini qappaytirmoqda.

    “Don xalq rizqi” AJ.

    “Don xalq rizqi” AJ.
    Foto: “Daryo”

    Fermer murojaatini o‘rganish maqsadida “Daryo” muxbiri Chiroqchi tumanining “Buronjuz” qishlog‘ida bo‘ldi.

    “Buronjuz” qishlog‘i.

    “Buronjuz” qishlog‘i.
    Foto: “Daryo”

    — 2019-yil yanvar oyida 212,7 gektar yer olib, “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligini tashkil qildik, — deydi fermer Alisher Pardayev. – Menga berilgan 212,7 gektar yer maydoni ilgari 4 ta fermerga qarashli bo‘lgan. 2019-yil boshidagi optimallashtirish davrida 4 ta fermer xo‘jaligi faoliyati ham tugatilib, bugungi kunda pudratchi sifatida mening fermer xo‘jaligim tarkibida faoliyat yuritmoqda. Menda pudratchi sifatida ish olib borayotgan “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi 2019-yil 24-yanvar kuni Chiroqchi tuman hokimi qaroriga muvofiq faoliyati tugatilgan bo‘lsa-da, 2019-yil 22-fevral kuni “Don xalq rizqi” AJ bilan don yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzib, iyun oyida 13,6 tonna g‘alla topshiryapti. Don tashkiloti ham faoliyati tugatilgan fermer bilan shartnoma tuzib, undan don qabul qildi. Natijada shuncha mehnat qilgan va davlatning soliq majburiyatlarini bajarib kelgan faoliyati qonuniy fermer bo‘lsam-da, pulimni ololmay sarsonman. “Don” Sizdan g‘alla qabul qilmaganmiz degan bahona bilan pulimni to‘lab bermayapti.

    Alisher Pardayev.

    Alisher Pardayev.
    Foto: “Daryo”

    Surishtiruvlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi faoliyati 2019-yil 24-yanvar kuni Chiroqchi tuman hokimi Rustam Jo‘raqobilov qaroriga muvofiq tugatilgan va unga tegishli 50,3 gektar yer tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarilgan. Hamda bir kun ilgari — 2019-yil 23-yanvar kuni yangi tashkil etilgan “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi tarkibiga qo‘shib berilgan. Ajablanarlisi, “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligining faoliyati yanvar oyining 24-sanasida tugatilsa-da, 2019-yil 22-fevral kuni “Don xalq rizqi” AJ bilan 20 gektar yer maydonidan 6 tonna don va arpa yetkazib berish bo‘yicha sharnoma imzolayapti. Shu yerda yana bir e’tiborni tortadigan jihat bor. “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi tugatilmasdan unga tegishli yer, faoliyati tugatilgan 3 ta fermer xo‘jaligi yeri bilan birga 212,7 gektar qilinib, “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi tarkibiga qo‘shib berilgan. Vaholanki, “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi faoliyati 24-yanvar kuni tugatilgan. “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligiga esa yer 23-yanvar kuni “hadya” qilib bo‘lingan.

    “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi yerlari.

    “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi yerlari.
    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, faoliyati 2019-yil 24-yanvar kuni tugatilgan fermer xo‘jaligi iyun oyida “Don xalq rizqi” AJga 13,6 tonna g‘alla topshirgan.

    Qiziq, “Don xalq rizqi” AJ qanday qilib faoliyati tugatilgan fermer xo‘jaligi bilan shartnoma imzolayapti? Nega undan don qabul qildi? Yoki “Don xalq rizqi” AJning faoliyati tugatilgan fermer xo‘jaliklari bilan ham shartnoma imzolashi odatiy holmi? Mazkur savollarga javob bergan “Don xalq rizqi” AJ yuristi Jasur Shopsanov hamda agronom Shahboz Saidovlar faoliyati tugatilgan fermerdan don qabul qilinishiga asos 2018-yil fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan shartnoma ekanligini aytmoqda. 2019-yil fevral oyida tuzilgan yangi shartnoma esa mazkur fermer xo‘jaligi faoliyati tugatilganligidan bexabar bo‘lganliklari bois kelib chiqqan anglashilmovchilik ekanligini aytmoqda. Tashkilot agronomi va bevosita fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzishga mas’ul Shahboz Saidov bu borada “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi rahbarini ham ayblamoqda.

    Shahboz Saidov.

    Shahboz Saidov.
    Foto: “Daryo”

    — “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligini tashkil etish haqida Chiroqchi tuman hokimining 2019-yil 24-yanvar kuni qarori chiqqan va qarorda yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaligi rahbari Alisher Pardayevning 5 kun muddat ichida bajarishi lozim bo‘lgan vazifalari sanab o‘tilgan, — deydi Shahboz Saidov. — Ana shu talablar ichida don tashkilotiga tugatilgan fermer xo‘jaligi uning tarkibiga qo‘shilganligini ma’lum qilib, yangi shartnoma tuzish vazifasi ham bo‘lgan. Ammo ming afsuski, Alisher Pardayev buni bajarmagan. Shuning uchun biz ham “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi faoliyati tugatilganligidan bexabar qolganmiz.

    Alisher Pardayev va Shahboz Saidov.

    Alisher Pardayev va Shahboz Saidov.
    Foto: “Daryo”

    Chiroqchi tuman hokimligi matbuot xizmatining tuman yuristiga tayanib xabar berishicha, “Don xalq rizqi” AJga yil boshida tumanda faoliyati tugatilgan fermer xo‘jaliklari va ayni kunda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari haqida ma’lumot berilgan. Hokimiyat yuristining fikricha, “Don xalq rizqi” AJ yuristi va agronomi bu yerda o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatini oqlash uchun tuman hokimligini aybdor qilishga urinmoqda.

    “Don xalq rizqi” AJ.

    “Don xalq rizqi” AJ.
    Foto: “Daryo”

    — Tuman hokimligi faoliyati tugatilgan fermer xo‘jaliklari haqida ma’lumot bermagan bo‘lsa, unda “Don xalq rizqi” AJ nega faoliyati tugatilgan boshqa fermer xo‘jaliklari bilan ham tasodifiy tarzda shartnoma imzolamagan ekan, nega endi faqatgina “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzilgan? – deya hokimlik yuristining gaplarini keltiradi matbuot xizmati rahbari Sobit Raimqulov. — Demakki, tuman hokimligi bu haqda ma’lumot bergan ekan-da.

    Ma’lum bo‘lishicha, faoliyati tugatilgan “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi va “Don xalq rizqi” AJ o‘rtasida 2018-yil 20-sentabr kuni 7 gektar suvli maydondan 17,5 tonna g‘alla topshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan. “Don xalq rizqi” AJ yuristi va agronomi sal avvalroq don qabul qilishga ushbu shartnomani asos qilib keltirgandi. Demakki, don tashkiloti rahbariyati suvli maydondan g‘alla topshirishni nazarda tutuvchi shartnomaga ko‘ra lalmi maydondan 13,6 tonna g‘alla qabul qilavergan bo‘lib chiqadimi? Bu “Don xalq rizqi” AJ mas’ullarining ishga bo‘lgan e’tibori va mas’uliyatidan darak bermayaptimi?

    Don qabul qiluvchi punkt.

    Don qabul qiluvchi punkt.
    Foto: “Daryo”

    Tabiiyki faoliyati tugatilgan bo‘lsa-da, o‘z nomidan g‘alla topshirgan “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi rahbari Kamoliddin Jumanov 2019-yil 3-avgust kuni Prezident portaliga murojaat qilib, davlatga topshirilgan don uchun pul to‘lanmayotganidan shikoyat qiladi. Don rahbariyati esa uning faoliyati tugatilib, “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi tarkibiga qo‘shib yuborilganligini, lalmi yerdan topshirilgan 13,6 tonna g‘alla uchun hisob-kitob qilinajagini bildiradi.

    Don qabul qiluvchi punkt.

    Don qabul qiluvchi punkt.
    Foto: “Daryo”

    “Don xalq rizqi” AJ yuristi Jasur Shopsanov yana bir gapida Chiroqchi tuman hokimligi “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligining 50,3 gektar yerga egaligini tasdiqlovchi ijara shartnomasini bekor qilgani fermer xo‘jaligi tugatilishiga asos bo‘lolmasligini aytmoqda. Yurist nazdida shuning uchun ham “Don xalq rizqi” AJning bu boradagi xatti-harakati qonuniy.

    “Don xalq rizqi” AJ yuristining qo‘shimcha qilishicha, “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligiga tegishli yer tuman hokimligi tomonidan olib qo‘yilib, ijara shartnomasi bekor qilinsa-da, faoliyati paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tugatilmagan hisoblanadi. Qiziq, unda yeri bo‘lmagan fermer xo‘jaligi qanday qilib don topshiradi? “Don xalq rizqi” AJ rahbariyati xayolidan shu fikr o‘tmadimi?

    Jasur Shopsanov.

    Jasur Shopsanov.
    Foto: “Daryo”

    — Fermer xo‘jaligi rahbarining qo‘lida fuqarolik pasporti bor, fermer xo‘jaligi “pechati” bor, “shartnoma tuzaman” deb kelyapti, shunday bo‘lgach, biz shartnoma imzolab qo‘yaverdik-da, — deydi Jasur Shopsanov.

    Ma’lum qilishlaricha, “Amir hoji ota o‘g‘illari” fermer xo‘jaligi lalmi yerdan davlatga 13,6 tonna g‘alla topshirgan bo‘lsa, “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi 15 tonna g‘alla bergan. Fermerning aytishicha, rejada davlatga 13 tonna g‘alla topshirish mo‘ljallangan. Demakki, yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaligi lalmi yer hisobidan g‘alla rejasini 200 foizga bajargan. Ammo 13,6 tonna g‘alla tugatilgan fermer xo‘jaligi nomidan topshirilgani bois, unga to‘lanadigan mablag‘ “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligiga to‘lab berilmayapti. Holbuki, g‘alla topshirgunga qadar barcha soliq to‘lovlari va davlatga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi hisobidan to‘lab kelingan.

    Don qabul qiluvchi punkt.

    Don qabul qiluvchi punkt.
    Foto: “Daryo”

    “Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi rahbari Alisher Pardayevning aytishicha, ular ushbu muammo bilan tuman hokimi Rustam Jo‘raqobilov qabuliga bir necha marotaba borgan. Ammo hokim fermer xo‘jaligi vakillari sifatida borgan murojaatchilarni hatto eshitmagan ham. Qo‘pol gapirib, qaytarib yuborgan.

    “Daryo” ushbu muammoni omma e’tiboriga havola qilish orqali “Don xalq rizqi” AJ va Chiroqchi tuman hokimligidan ushbu masalaga yechim topishda tashabbus ko‘rsatishni so‘rab qoladi. O‘ylaymizki, ushbu ishga mas’ul tashkilotlar fermerlarni qiynab kelayotgan muammoga yechim topadi.

    28.08.2019, 10:45   Izoh (0)   18123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank bir qator banklarga jarima sanksiyalarini qo‘lladi

    28.08.2019, 10:22

    O‘zbekistonlik qizga uylangan lord Samarqanddagi festivalda faxriy mehmonlar qatorida bo‘ldi

    28.08.2019, 09:49

    O‘zbekiston bosh konsulxonasi Permdagi YTHda jarohatlanganlarga yordam bergan Danil Yo‘ldoshevga tashakkurnoma berdi

    28.08.2019, 09:32

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkentdagi vakilligi faoliyatini yangi binoda davom ettiradi

    28.08.2019, 09:05

    Namanganda ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha mamlakatda ikkinchi shprits zavodi ishga tushdi 

    28.08.2019, 08:35

    O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglarining uzluksiz malakasini oshirish tizimi joriy etiladi

    28.08.2019, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev quruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 19:47

    “Endi prezidentlikka nomzodimni qo‘ymayman” — Belarus prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 19:35

    “Barselona” Ferran Torres uchun kelgan ikkita taklifni rad etdi

    Sport | 9 avgust, 19:31

    Tanqid va gumonlarga duch kelgan mashhur turk juftliklari

    Kino | 9 avgust, 19:01

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 18:26

    “AQSH harbiylari mamlakatga kiritilmaydi” — Meksika prezidenti

    Dunyo | 9 avgust, 18:15

    O‘zbekiston Ozarbayjon—Armaniston tinchlik kelishuvini olqishladi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 17:46

    Ekspert Habib va Konor o‘rtasidagi revansh jang nega o‘tkazilmaganini ochiqladi

    Sport | 9 avgust, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.