Avval xabar berganimizdek, Toshkentdagi Riviera savdo majmuasida metall konstruksiya qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, O.Sh. o‘ng tovon suyagining sinishi tashxisi bilan o‘rta og‘ir ahvolda, Z.R. esa aralash jarohat, chap yelka suyagining sinishi tashxisi bilan yotqizilgan.
“Bemorlar malakali shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lib, ularga barcha kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)