Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 37 yoshli Sh.B. mast holda uyi hovlisida shu mahallada yashovchi 24 yoshli jiyani S.T. bilan o‘zaro janjallashayotganida, ularni ajratmoqchi bo‘lgan S.T.ning otasi 47 yoshli B.B.ni pichoq bilan jarohatlagan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 26-avgust kuni sodir bo‘lgan.
Oqibatda B.B. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.B. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)