• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nega Farg‘onada yoz oylarida ham elektr ta’minotida jiddiy uzilishlar kuzatilyapti?

    Har yili kuz–qish mavsumi yaqinlashganida aholi va ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishiga ko‘nikib qolganmiz. Lekin yoz oylarida ham Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida ko‘p soatli uzilishlar kuzatilmoqda. “Daryo” muxbiriga so‘nggi kunlarda kelayotgan murojaatlarning asosiy qismi ham elektr ta’minotidagi muammolar bo‘yicha.

    Foto: “Daryo”

    — Bir oydan beri “svet” juda ko‘p o‘chadigan bo‘lib qoldi. Bir–ikki soat yonadi, keyin yana o‘chadi. Kunning qaysi vaqtida o‘chib, qachon yonishini aniq bilmaymiz. Qish kunlarida elektr ta’minotida uzilishlar ko‘p bo‘lishini tushunish mumkin, havo harorati pasayadi, elektrga talab kuchayadi. Lekin yozda-chi?

    “Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo‘yicha imtiyozli kredit olib, tikuvchilik sexi ochganman. Endi ishni yo‘lga qo‘yganimizda, bu muammo chiqib turibdi. Ikki–uch soatlab elektr berilmayapti. Ayni kerak paytda o‘chirishadi. Shuning uchun ishimizda uzilishlar ko‘p bo‘lyapti. Buyurtmachilarga mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmayapmiz. Ishni to‘xtatsak, bankdan olingan kreditni qanday qaytaraman? Qishloqda menga o‘xshagan tadbirkorlar ko‘p. Hammaning xayolida shu muammo. Bizda umuman gaz yo‘q. Aholi va tadbirkorlar uchun hech bo‘lmasa elektrni uzluksiz yetkazib berish kerakku, — deydi Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Oltinqo‘rg‘on qishlog‘idan Muhammadsaid Haydarov.

    — O‘tgan yili elektr ta’minotida uzilishlar kam bo‘lgan edi. Bu yil yoz oylarida ham elektr holati yaxshilanmadi. Xohlagan vaqtda o‘chirishadi. Tartib yo‘q, ogohlantirish yo‘q. Shuni jadval bilan, aholini oldindan ogohlantirib, keyin o‘chirishsa bo‘lmaydimi? Biz ham ishimizni shunga qarab rejalashtirar edik. Elektr energiyasini tekinga olayotganimiz yo‘q-ku. To‘lovini oldindan qilyapmiz. Mana, yana narxlar oshdi, lekin elektr ta’minoti yaxshi tomonga o‘zgargani yo‘q. Elektr korxonasiga telefon qilsangiz, limit tugagani uchun yuqoridan uzildi, yoqilg‘i yetishmayapti, degan javoblarni eshitasiz.

    Tadbirkorman, xususiy do‘konimda oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilaman. Mana hozir ham “svet” yo‘q. Do‘kondagi elektron tarozi, muzlatgich, konditsioner ishlamayapti. Muzqaymoqlar erib ketgan, suvlar sovishga ulgurmayapti. Bu ketishda bankrot bo‘laman-ku, — deydi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Qorako‘l qishlog‘idan Jasur Imomov.

    — Qishda mayli edi. Transformatorlar yuklanishni ko‘tara olmasdi. Yozda endi bu nimasi? Qachongacha xalq qishin-yozin qiynaladi. Biz bechoralarni eshitadiganlar bormi? Qachongacha Farg‘ona viloyati xalqi, Uchko‘prik tumani xalqi qiynaladi? Nega “svet” o‘chdi, deb savol bermoqchi bo‘lsak, tuman elektr tarmoqlari korxonasining telefoni doim band. Hali ovqatlanganimiz yo‘q, ukol olishga ulgurmadik, bolalarni yuvintirish haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi! Biz qishloqliklar odam emasmi? Biz soliq to‘lamayapmizmi, biz elektr haqidan qarzdormizmi? — deydi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Uchko‘prik qishlog‘ida yashovchi Sharifaxon Madrahimova.

    — Ertalab 7:00 dan o‘chishni boshlaydi. Bir soatdan keyin yonadi, ikki–uch soatda yana o‘chadi. Bu holat bir sutkada 5–6 marta takrorlanyapti. Aholiga, ayniqsa, yosh bolali oilalarga qiyin bo‘lyapti. Keyingi kunlarda ertalab hamma ishga ketadigan paytda va ayni kechki ovqat mahalida o‘chirishni odat qilib olishdi, — deydi Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Tul qishlog‘idan Gulnoza Ergasheva.

    Elektr ta’minotida nima sababdan ko‘p soatli uzilishlar kuzatilmoqda va bu holat qachon bartaraf etiladi? Shu savol bilan viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutasaddilariga murojaat qildik.

    — Viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasining vazifasi, berilayotgan ma’lum miqdordagi elektr energiyasini taqsimlashdan iborat. Viloyatimizda iste’molchilarga bir sutkada uzilishlarsiz elektr energiyasi yetkazib berish uchun 14–14,5 million kVt-soat miqdorida energiya zarur. Ayni paytda bizga cheklov hisobiga 13–13,5 million kVt-soat elektr energiyasi berilyapti. Bir sutkada 1–1,5 million kVt-soat elektr energiyasi yetishmovchiligi yuzaga kelyapti. Natijada joylarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. Bunga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi IESlardagi yoqilg‘i yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lmoqda. Viloyatning elektr tarmoqlarida nosozlik va avariya holatlari yo‘q.

    Shuni alohida ta’kidlash kerak, yildan-yilga aholi va ishlab chiqarish obyektlari ko‘payib, iste’molchilar soni ortyapti. Misol uchun, o‘tgan yili shu kunlarda viloyatimizda 13 million kVt-soat elektr energiyasi iste’mol qilingan bo‘lsa, bugungi kunda talab 14 million kVt-soatdan ortib ketdi.

    Shunday bo‘lsa-da, muhim iqtisodiy korxonalarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlayapmiz. Ijtimoiy soha obyektlarini ham o‘chirmaslikka harakat qilyapmiz, — deydi Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari o‘rinbosari Abdurahim Mamatqulov.

    Abdurahim Mamatqulov.

    Abdurahim Mamatqulov.
    Foto: “Daryo”

    Elektr ta’minotidagi uzilishlar aholining kundalik turmushiga va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Qishloq joylardagi ko‘plab tadbirkorlar elektr tanqisligi tufayli zarar ko‘rayotgani, hatto ayrimlari faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘layotgani ham bor gap. Qolaversa, mutasaddilar uzilishlar bo‘yicha belgilangan jadval bor, degani bilan unga hech kim amal qilmayapti. Tok istalgan vaqtda o‘chirilyapti. Bu holat aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Viloyatga ajratiladigan limitni oshirish yoki uni umuman bekor qilish mumkin emasmi? Elektr ta’minotidagi uzilishlarni belgilangan jadval asosida iste’molchilarni oldindan xabardor qilgan holda amalga oshirishning imkoni yo‘qmi?

    O‘ylaymizki, hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari bu muammoga jiddiy e’tibor qaratadi va tez kunlarda elektr ta’minotidagi ko‘p soatli uzilishlar bartaraf etiladi.

    24.08.2019, 17:52   Izoh (0)   17205
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muddatidan oldin harbiy unvon va qimmatbaho sovg‘alar: “ArMI – 2019” g‘oliblari munosib taqdirlandi (foto)

    24.08.2019, 17:31

    Xalqaro inflyuyenserlar kongressi ishtirokchilari Xivaga keldi (foto)

    24.08.2019, 15:59

    O‘zbekistonda sudyalikka da’vo qilish uchun 35 yoshga to‘lgan bo‘lishi talab etiladi

    24.08.2019, 15:30

    Okibjon Inamov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

    24.08.2019, 15:10

    O‘zbekistonda noto‘g‘ri “tonirovka”langan mashinalar jarima maydonchasiga tushishi mumkin

    24.08.2019, 14:18

    Toshkentda yer usti metropoliten liniyasida dastlabki relslar yotqizildi

    24.08.2019, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    Dunyo | 15 iyun, 10:46

    Mahmud Muradov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    Dunyo | 15 iyun, 09:21

    Ko‘krak suti bezi saratoni haqidagi savollarga javoblar

    Salomatlik | 15 iyun, 08:54

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.