Toshkentda “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismda “Ohangaron” bekati yo‘nalishi bo‘ylab dastlabki relslarni qo‘yish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.
Ayni paytda ushbu yo‘nalishda 2 kilometrdan ortiq po‘lat izlar yotqizildi.
Ushbu yo‘nalish 11 kilometrdan iborat bo‘lib, “Do‘stlik”, “Ohangaron”, “Tuzel”, “Iltifot”, “Rohat”, “Yangiobod” hamda “Qo‘yliq” bekatlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur metro qurilishida butunlay yangi texnologiyadan foydalanilmoqda. Jumladan, estakadalar uchun monolit usulda beton ustunlar quyish jarayoni o‘zlashtirilib, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan materiallardan foydalanilmoqda.
Temiryo‘lchilar Mustaqillikning 28 yilligi bayrami arafasida “Do‘stlik” hamda “Ohangaron” bekatidagi qurilish ishlarini to‘liq tugatishni rejalashtirishgan. Buning uchun bekatlarda kecha-kunduz qurilish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)