“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”AJ O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi hamda ko‘plab yo‘lovchilarning talablarini inobatga olib, “Toshkent—Samarqand—Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilganligini ma’lum qildi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 2019-yil 26, 27, 28, 29-avgust hamda 2, 3-sentabr kunlari “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi. Ushbu sanalarda mazkur poyezdlar soat 08:30 da Toshkent markaziy vokzalidan, soat 17:00 da esa Samarqand vokzalidan harakatlanadi.
Izoh (0)