20-avgustdan O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida naqd valyuta — dollar sotish boshlangan edi. Hozirda aksariyat valyuta ayirboshlash joylari oldida navbatlar yuzaga kelgan, deb xabar beradi Sputnik.
“Shoxobchalar oldida bir nechta huquq-tartibot organlari xodimlarini ko‘rish mumkin”, — deyiladi xabarda.
Ehtimol, bunday choralar odam gavjum bo‘ladigan joylarda huquqbuzarlikni oldini olish va aholini “valyutafurush”lardan to‘sish uchun amalga oshirilmoqda.
“Ichki ishlar xodimlari paydo bo‘lishi bilan “valyutafurush”lar darhol g‘oyib bo‘ldi. Odamlar sumkalarda pul olib kelishmoqda. Shu bilan birga, valyuta sotib olishga hech qanday cheklovlar yo‘q, ammo ba’zi banklarda tez tugamoqda”, — deya ta’kidlanadi xabarda.
Izoh (0)