Jizzax viloyatining Forish tumani hududida yaqin orada radioaktiv chiqindilar ombori paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yadro fizikasi instituti direktori Bekzod Yo‘ldoshev ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik.
“Institutdan 50 kilometr narida radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punkti joylashgan. Shu yerga bunday turdagi hamma chiqindilar olib kelinadi, biroq katta hajmda emas. ‘O‘zatom‘ bilan birgalikda yangi radioaktiv chiqindilar omborini ishga tushirishni muhokama qilish niyatidamiz”, — dedi akademik.
Yo‘ldoshevga ko‘ra, yangi ombor AES qurilishi rejalashtirilgan Jizzax viloyatida joylashadi.
Izoh (0)