Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Saylov kodeksining 12-moddasiga asosan kengash tomonidan Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Gulnoz Ismoilova hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev tavsiya etildi.
Izoh (0)