Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekinda xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomon kun tartibi, ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolarga tegishli qator dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Muloqotda Janubiy Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ta’lim va madaniy markazi bo‘lgan Guanchjou shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish taklifi muhokama qilindi.
Vazirlar bosh vazir Abdulla Aripovning Xitoyga va Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning O‘zbekistonga bo‘lajak rasmiy tashriflarining kun tartibi va dasturini amaliy jihatdan ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy strategik sherikligini mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Izoh (0)