Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
2019—2022-yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan.
Davlat rahbari hududda chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari, aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Izoh (0)