Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi bozorda katta janjal yuz berib, mojaro davomida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar ayollarni kuch bilan qo‘lga olishga harakat qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Qo‘lga olish vaqtida ayollardan biri hushidan ketgan va yerga yiqilgan. Farzandlari onasini hushiga keltirishga uringan.
Videoda shuningdek, farzandlar qay tarzda o‘z onasini huquqni muhofaza qilish organlaridan himoya qilishga uringanliklari aks etgan.
Ijtimoiy tarmoqda bu holat katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi va qizg‘in muhokama qilinmoqda, foydalanuvchilarning aksariyati bu oila hech kimdan yordam so‘ramay, pul topishga harakat qilishi haqida yozgan.
Izoh (0)