• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan qonun loyihalarining aksariyati ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy yo‘nalishda ekanligi bilan ajralib turadi. Bu haqda Palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Deputatlar dastlab “Kreditorlarning huquqiy jihatdan himoya qilinishi kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

    Ushbu qonun loyihasi tadbirkorlik va investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, mamlakatning iqtisodiyot borasidagi xalqaro reytingini tobora oshirish maqsadida mulkni garovga qo‘yish, lizingga yoki majburiyatni ta’minlashning boshqa shakllariga berishning amaldagi mexanizmlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutadi. Shundan kelib chiqib, amaldagi ayrim qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilindi.

    Deputatlar tomonidan berilgan taklif-mulohazalar hamda norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash mobaynida unga bir qancha tahririy tuzatishlar kiritildi, matndan 30 dan ortiq band chiqarib tashlandi.

    Majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamasi ham qizg‘in kechdi.

    Pul-kredit siyosati va uni qo‘llash amaliyotini tubdan takomillashtirish, narxlar barqarorligiga qaratilgan harakatlarni kuchaytirish, jumladan, amalga oshirilayotgan choralar asosida asossiz inflyatsion holatlarning oldini olishga qaratilgan mazkur loyiha joriy yil 2-may kuni birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Keyingi muhokamalar davomida deputatlar tomonidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Shunga ko‘ra, loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash mobaynida deputatlar ko‘targan barcha masalalar chuqur o‘rganib chiqildi, muhokama qilindi. 4 ta modda loyihadan chiqarib tashlandi, ikkita yangi modda loyihaga kiritildi hamda loyiha matniga 30 dan ortiq tahririy o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan tarzda qabul qilindi.

    Shundan so‘ng deputatlar “Maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim berish va tarbiyalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Qonun loyihasi bilan ilgari amalda bo‘lgan bir qator qoidalarga o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlanish jarayoni alohida bosqichlarda bo‘lishi belgilab berilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalarining tasnifi, ular faoliyatini tashkil etish, huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish sohasida davlat-xususiy sektor hamkorligini amalga oshirish asoslari mustahkamlanmoqda. Xorijiy tajribani inobatga olgan holda, oilada ta’lim olish imkonini beruvchi oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasini joriy qilish, shuningdek, bolalarning yashash yoki doimiy ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish tartibi taklif qilinmoqda.

    Kun tartibidagi navbatdagi masala — “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham muhokamalarga boy bo‘ldi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning tengligini ta’minlash va ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etish, ta’lim olish va ishga joylashish imkoniyatlarini ta’minlash loyihaning bosh maqsadi etib belgilangan. Ushbu loyiha BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablarini implementatsiya qilishni hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini muhofazalash sohasida zamonaviy uslublar, xalqaro standartlarni joriy etishni nazarda tutadi.

    Palata majlisi kun tartibiga kiritilgan “Erkaklar va ayollarning teng huquqlari hamda imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan talabchanlik bilan muhokama qilindi.

    Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston tarixida birinchi marta qabul qilinayotgan ushbu qonun loyihasi jamiyat hayotining barcha sohalarida erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyat yaratishni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, loyihada gender tenglik, ayollarni kamsitish tushunchasi va turlari, mutasaddi organlarning vakolatlari, davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollashda, kreditlar olish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha normalar, bunday tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z aksini topgan.

    Loyiha bilan erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi Vazirlar Mahkamasi, Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish bo‘yicha komissiya, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilanmoqda.

    Bahs-munozara, tortishuvlarga boy kechgan yana bir masala “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘ldi. Ushbu loyiha Prezident tashabbusi asosida tayyorlangan.

    Qator qonun hujjatlari zo‘ravonlik qilish, shaxsga nisbatan jismoniy kuch ishlatish jinoiy qilmish hisoblanishiga qaramay, amaliyotda ayollarga nisbatan, ayniqsa, oilaviy-maishiy hayotda zo‘ravonlik qilish hollariga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Shu bois ham ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlik hamda tazyiq uchun javobgarlikni qonun yo‘li bilan tartibga solish talab etilmoqda. Bu masalalar to‘liq qamrab oladigan yagona qonun mavjud emasligi esa, davlat organlariga tizimga solingan kompleks statistika olib borish imkonini bermayapti.

    Mazkur qonun loyihasi ana shu muammolarga barham berishga, xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Loyihada tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan.

    Bundan tashqari, tazyiq hamda zo‘ravonlikni boshidan o‘tkazgan shaxslarni himoya qilish, jamiyatda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakliga murosasiz munosabat muhitini qaror toptirishni nazarda tutuvchi protsessual kafolatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar aks ettirilgan. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniq ko‘rsatilib, bu sohadagi vakolatli organlar belgilab berilgan.Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jamiyatda, turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalari va boshqa joylarda xotin-qizlarga nisbatan munosabatni yanada yaxshilash, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    16.08.2019, 17:15   Izoh (0)   9143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Daryo Weekend: Iqtidorlimisiz?

    16.08.2019, 16:50

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mansabdorlarning OAV vakillariga nisbatan nomunosib harakatlarini qoraladi

    16.08.2019, 16:15

    Nyu-Yorkdan kelgan o‘zbekistonlikdan noyob turdagi to‘tiqush olib qo‘yildi

    16.08.2019, 16:07

    IIV: Mustaqillik bayrami arafasida va bayram kunlari Toshkentga keluvchilarga nisbatan cheklov bo‘lmaydi

    16.08.2019, 15:45

    Saida Mirziyoyeva Telegram’da rasmiy kanalini ochdi

    16.08.2019, 14:13

    O‘zbekistonda nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda

    16.08.2019, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda suvni tejaydigan guruch navi yaratildi

    Qozog‘iston | 25 avgust, 13:00

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00

    “Hibsga olinishim fransuz politsiyasining xatosi bo‘lgan” — Pavel Durov

    Dunyo | 25 avgust, 12:40

    “Baʼzi direktorlar norozi bo‘ldi, ammo javobgarlikni zimmaga oldim” — Surxondaryo hokimi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:30

    O‘zbekiston eksport qilgan 21 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:20

    Samarqandda triatlon bo‘yicha an’anaviy “Challenge Samarkand-2025” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    Sport | 25 avgust, 12:07

    O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar bir yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.