O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (3176-son, 15.08.2019-y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar bermoqda.
Mazkur ro‘yxatda belgilangan kasalliklarga chalingan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan yo‘llanma olgan shaxslarga budjet mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Izoh (0)