Filippin sohillari yaqinidagi Iloilo-Gimaras bo‘g‘ozida 3 ta parom ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi bedarak yo‘qoldi. 55 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarini qutqarishga muvaffaq bo‘lindi.
Uchinchi paromda yo‘lovchilar bo‘lmagan, ekipajning 4 nafar a’zosi esa omon qolgan.
Paromlarning barchasi kuchli shamol va ulkan to‘lqinlarga duch kelgani bildirilmoqda.
Izoh (0)