Rossiyalik xonanda va bastakor Villi Tokarev 84 yoshida vafot etdi.
Tokarevning o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. U bilan vidolashuv va dafn marosimi sanasi hozircha ma’lum emas.
Xonandaning asl ismi Vilen bo‘lib, Leningrad va Murmanskda ijodini boshlagan, 1974-yilda AQShga ko‘chib ketgandi. Bu yerda u rus shansonining eng taniqli ijrochisi sifatida tanildi. 1990-yillar boshida Moskvaga qaytib kelgandi.
Tokarev umumiy hisobda 50 ga yaqin albom yozgan.
Izoh (0)