Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmagiyn Battulga AQSh prezidenti Donald Trampning 13 yoshli o‘g‘li Berronga ot sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda Asia-Plus.
Ta’kidlanishicha, ot mo‘g‘il madaniyatida katta ahamiyatga ega. Bu o‘g‘il bolalarga beriluvchi an’anaviy sovg‘a. Ot mo‘g‘illar imperiyasida odamlar orzu qiluvchi eng qimmat sovg‘a bo‘lgan va hozirgacha shunday.
Berron Donald Trampning uchinchi rafiqasi Melaniya Trampdan bo‘lgan yagona o‘g‘ildir.
Ayni paytda Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan AQShda bo‘lib turibdi. U tashrif doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yakkama-yakka, shuningdek kengaytirilgan tartibda muzokara olib boradi.
Izoh (0)