Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videorolikda aks etilgan voqeani o‘rganmoqda. Ijtimoy tarmoqlarda fuqaro o‘zbekistonlik ekanligi qayd etilmoqda.
Ko‘rsatilgan videorolikda voqea va uning ishtirokchilari to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar mavjud emasligi sababli voqea joyida bo‘lgan guvohlar, shuningdek, voqea haqida har qanday ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan vazirlik huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agenligiga yoki voqea Koreyada ro‘y bergan bo‘lsa, agentlikning Kvandju shahridagi vakolatxonasiga bu haqda xabar berishlarini iltimos qilingan.
Vazirlikka ko‘ra, ma’lumot bergan shaxsning ism-sharifi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Izoh (0)