Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko sobiq prezidentlar uchun umrbod muddatga beriladigan davlat qo‘riqchisidan voz kechish haqida ariza yozdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Shuningdek, prezident oilasi bilan birga dam olish uchun Turkiyaga uchib ketgan.
Xabarda aytilishicha, oila a’zolarining ayrimlari o‘tgan haftadayoq Istanbulga uchib ketgan. Qolganlari esa Poroshenko bilan birga 28-iyulda ketgan. Ta’kidlanishicha, u Turkiyaga borish rejasini 26-iyuldayoq ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Poroshenko “Yevropa birdamligi” partiyasi bilan saylovlardan keyin Oliy Radada 25 ta o‘ringa ega bo‘ldi. Bunday holatlarda Ukraina parlamentida Pyotr Poroshenko deputatlik daxlsizligiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)