Afg‘onistonda ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda NATOning “Keskin yordam” operatsiyasi saytiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Harbiy xizmatchilar qanday qilib vafot etgani haqida ma’lumot yo‘q.
O‘z navbatida Associated Press agentligining yozishicha, amerikalik askarlarni afg‘onistonlik harbiy xizmatchi otib tashlagan. Agentlik manbasi mazkur ko‘ngilsiz hodisaning tafsilotlari haqida so‘zlab bergan.
Pentagon tomonidan tarqatilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2001-yildan 2014-yilga qadar Afg‘onistonda 2216 nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Izoh (0)