Merilend shtatida joylashgan Baltimor xalqaro aeroportida yo‘lovchilardan birining yukxonasidan raketani uchirishga mo‘ljallangan qurilma topildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Ushbu qurilmani olib o‘tishga uringan shaxs Quvaytda xizmatini o‘tayotgan AQSh harbiy xizmatchisi bo‘lib chiqdi.
Qonunbuzar harbiyning so‘zlariga ko‘ra, u raketani uchirishga mo‘ljallangan qurilmani suvenir sifatida Texas shtatidagi uyiga olib kelayotgan bo‘lgan.
Foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan qurilma mutaxassislarga topshirilib, tegishli tartibda yo‘q qilingan.
Izoh (0)