Ukraina davlat tergov byurosi mamlakatning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga nisbatan yana bir yangi jinoyat ishini ochdi, deb xabar beradi “Yandeks.Novosti”.
Da’vo arizasi Kiyev appelyatsion sudining sobiq raisi Anton Chernushko tomonidan berilgan.
Poroshenko sudyalarga bosim o‘tkazish va sud jarayonlariga aralashishda ayblanmoqda. Chernushenkoning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning sobiq rahbari hamda administratsiyasining sobiq boshlig‘i Aleksey Filatov aybsiz insonlarni alohida ishlar bo‘yicha sud qilishni talab qilgan.
Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi sud jarayonigacha bo‘lgan yagona tergov reyestriga kiritilgan.
Izoh (0)