Pokistonda harbiy samolyotning qulashi oqibatida o‘n yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar qiladi “TASS”.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, havo kemasi mamlakat shimolidagi Ravalpindi shahri uzra mashg‘ulot parvozini amalga oshirish vaqtida halokatga uchragan. Samolyot turi haqida ma’lumot yo‘q. Sodir bo‘lgan halokatdan so‘ng, odamlar istiqomat qiladigan dahada yong‘in yuzaga kelib, bir nechta binoga zarar yetgan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Pokistonlik harbiylarning so‘zlariga ko‘ra, halokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 5 kishi va 12 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Samolyotning qulashiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.
Izoh (0)