Moskva sudlari 27-iyul kuni o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida qatnashgan 40 dan ortiq odamni hibsga olish bo‘yicha hukm chiqardi, deb xabar beradi Meduza.
Shuningdek, qo‘lga olinganlarning 79 nafari jami 1 million 339 ming rubl jarimaga tortilgan. Ko‘rib chiqilgan ishlardan biri to‘xtatilgan.
Hibsga olinganlar orasida Moskva shahar Dumasi deputatligiga nomzodlar Ilya Yashin, Ivan Jdanov, Konstantin Yankauskas, Aleksandr Solovyov, siyosatchi Vladimir Milov ham bor.
27-iyul kuni mustaqil nomzodlarni Moskva shahar Dumasiga saylash bo‘yicha o‘tkazilgan norozilik namoyishlari shahar hokimiyati bilan kelishilmagan holda o‘tkazilgan. Kun davomida jami 1300 dan ortiq odam qo‘lga olingan.
Izoh (0)