O‘zbekistonning Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi elchisi Baxtiyor Saidov bir vaqtning o‘zida Filippindagi elchisi (qarorgohi Pekinda joylashgan) etib tayinlandi, deya xabar berdi “Gazeta.uz”.
Baxtiyor Saidov 24-iyul kuni Filippin prezidenti Rodrigo Roa Dutertega ishonch yorliqlarini topshirgan.
U 2017-yilning iyulida O‘zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonasiga rahbar bo‘lgan edi. 2018-yil aprelida esa bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistondagi elchi lavozimiga ham tayinlangan.
Izoh (0)