• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonunchilik palatasi deputatlari: Prezident va xalqning ayrim hokimlarga bildirgan ishonchining ham chegarasi bor

    Joylardagi davlat organlari, jumladan, mahalliy hokimliklarda ijobiy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarayotgan ko‘plab mard, fidoiy insonlar bor. Biroq yuqori rahbarlarga yaxshi ko‘rinish va maqtov eshitish uchun inson huquqlarini oyoqosti qilgan holda, halqning noroziligini orttirish evaziga bo‘lsa-da bajarishga urinayotgan shaxslar ham talaygina. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rasul Kusherbayev, Abdurashid Qodirov va Akmal Umirzoqov fikr yuritgan. Quyida ularning mulohazalari kichik qisqartirishlar bilan berilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bunga ko‘plab tuman va shaharlarda aholining uy-joylari, tadbirkorlarning ko‘chmas mulklarini, hatto qaysidir “tadbirkor” manfaati uchun davlat muassasalarini ham qonun va qoidalarga zid holda buzib tashlash yoki fermer, o‘qituvchi, tibbiyot va boshqa byudjet tashkiloti xodimlarini majburiy mehnatga jalb etib, haqorat qilish, urish kabi holatlar uchrab turgani misolida keltirish mumkin.

    Afsuski, bunday misollardan biror bir viloyat chetda qolayotgani yo‘q. Ayniqsa, Yangiyo‘l shahri, Rishton, Oltiariq, Qamashi, Yakkabog‘, Sariosiyo tumanlaridagi fuqarolarning xususiy mulklari tartib-taomillarga zid holda buzilayotganligi qonun tugul oddiy insoniylik me’yorlariga ham mos kelmayapti. Ushbu hududlarda hokimlar boshchiligidagi rahbarlarning bosh maqsadi xalq farovonligini o‘ylash emas, xalqni qiynab bo‘lsa ham avvalo yuqori rahbariyatga yaxshi ko‘rinishga aylanib borayotganligini anglash qiyin emas.

    OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalayotgan yuqoridagi kabi holatlarga javoban kuni kecha davlat rahbarining bildirgan tanqidiy munosabatlaridan ham tegishli xulosa qilish o‘rniga joylarda bunday bosh-boshdoqliklar davom ettirilayotganligini tushunish qiyin. Prezident va xalqning ularga bildirgan ishonchi va ko‘rsatayotgan hurmatining ham chegarasi bor emasmi? Ayrim hokim yoki rahbarlar o‘zlarini cheksiz vakolat egasi hisoblab, urush holatlarida bo‘lgani singari faqat natija uchun harakat qilayotganini O‘zbekiston dunyoga yuz tutayotgan bir sharoitda qaysi qolipga sig‘dirib bo‘ladi?

    Adliya vazirligining bergan rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahar, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida fuqarolarga ko‘chmas mulklari buzilgani uchun deyarli 300 mlrd so‘m miqdoridagi kompensatsiya pullari berilmaganligi aniqlangan. Bu rasman qayd etilgan holatlar, biroq hali qayd qilishdan qochib, turli bahonalar bilan fuqarolar ortga qaytarilayotgan holatlar qancha.

    Bejizga davlat rahbari qurilish va oliy ta’limni korrupsiyasiz sohaga aylantirish tashabbusini ilgari surgani yo‘q. Chunki bu mamlakat kelajagining barqarorligini ta’minlaydigan omillar.

    Qator imtiyozlar berilganiga qaramay arzon uy-joylar narxining bozor narxidan ham qimmatga tushayotgani, boz ustiga ko‘pchilik bunday uylarning sifatsiz qurilayotganidan noroziligi kelgusida jamiyat uchun ham, iqtisodiyot uchun ham o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas zarar keltirishi mumkin. Yangi namunali loyihalar asosidagi uylarning bir metr kvadrati uchun o‘rtacha to‘rt million so‘m belgilansa-da, aynan o‘sha uyning kadastr narxidagi bir metr kvadrati uchun ikki, ikki yarim million so‘m yoki “davlat va jamiyat manfaatlari uchun”, degan bahona bilan buzilayotgan uy-joylarga kompensatsiya to‘lashda bir metr kvadrati narxi bir million so‘mdan ham to‘g‘ri kelmayotganini qanday tushunish mumkin? Bu fuqarolarga nisbatan ochiq firibgarlik-ku?

    Yana bir qiziq holat: yillar davomida xaroba holdagi maktab, bog‘cha, kasalxona yoki ichki yo‘llarni qurish, ichimlik suvini keltirish, madaniyat maskanlarini yaxshilash uchun topilmagan mablag‘, qaysidir mansabdor, uchar “tadbirkor”ning shaxsiy boylik ortirish maqsadiga “tasodifan” mos tushadigan bozorlarni qayta qurish, ko‘p qavatli uy-joy barpo etishga mablag‘ ham, g‘ayrat ham topilaverishi g‘alati emasmi? Uch-to‘rt yil o‘tmasdan bozorlarda qayta qurish ishlarining takrorlanaverishi ko‘pincha mahalliy hokimlikdagi rahbarlarning almashishi bilan ustma-ust kelishini ham tasodif, deyish qiyin.

    Achinarlisi, yuqoridagi kabi holatlarga qarshi kurashuvchi, javobgarlikka tortish uchun vakolatlari bo‘lgan huquq tartibot organlarining bunday holatlarni oldini olish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish borasidagi o‘rni yetarli darajada sezilmayapti, ular jamoatchilik nazarida turgan ko‘p holatlarga ham ko‘z yummoqda.

    Qizig‘i, murojaatlar yuzasidan vakolati doirasida ish olib borayotgan, so‘z erkinligidan foydalanib munosabat bildirayotgan hamda masalalarni chuqurroq o‘rganish maqsadida joylarga borib fuqaro va mas’ullar bilan suhbatlashgan, o‘rganayotgan deputatni xalqni noroziligini orttirishda ayblayotgan ba’zi hokimlik va idoralar mas’ullarning munosabatini nima deb baholash mumkin?

    Birgina Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi noqonuniy buzilishlardan norozi bo‘lgan aholi dardini eshitishga borgan deputatga nisbatan “xalqni noqonuniy miting qilishga chorlash” mazmunida ayb qo‘yishga, o‘zlarining qonunsiz ishlarini yopishga urinishi boshqa hokimlik mas’ullarining ham xalq dardini eshitishga intilayotgan vakillariga nisbatan qarashning qanday ekanligiga ishora bo‘lmoqda. Bundan ortiq nomardlik va pastkashlik bo‘lmasa kerak.

    Nahotki mavjud qonun va qoidalarga amal qilmasdan, bir emas, butun boshli mahallalardagi uy-joylarni, bozorlardagi xususiy mulklarni noqonuniy buzib tashlanishiga sababchi bo‘lgan hokimlik vakillari o‘rniga bu kabi salbiy holatlarni oldini olishga harakat qilayotgan deputat hammasiga aybdor bo‘lsa?

    Yuqoridagi holatlar saylovchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganligini inobatga olib, parlament oliy vakillik organi sifatida mazkur muammolarni alohida o‘rganib, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarining hududlarda qonun hujjatlariga amal qilmay fuqarolarning xususiy mulklariga ziyon keltirilishi holati, shu jumladan, bu borada “dong taratayotgan” (Yangiyo‘l shahri, Rishton, Oltiariq, Qamashi, Yakkabog‘, Sariosiyo tumanlari) joylar bo‘yicha zudlik bilan parlamentda deputatlar va jamoatchilikka asoslantirilgan tushuntirish berishi, eshituv natijasi bo‘yicha esa huquqni muxofaza qiluvchi idoralar zarur choralar qo‘llashi zarur.

    26.07.2019, 15:40   Izoh (0)   50124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Otasi tashlab ketgan, “o‘rtoqlar”i tomonidan zo‘rlangan o‘zbek qizining achchiq taqdiri

    26.07.2019, 15:35

    O‘zbekiston 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda Isroil tajribasidan foydalanadi

    26.07.2019, 15:26

    Qashqadaryodagi mavjud 8884 ta transformatorning 65 foizi yaroqsiz

    26.07.2019, 15:20

    Shavkat Mirziyoyev: Qanday qilib odamlarning daromadini oshiramiz, degan savol meni har kuni qiynaydi

    26.07.2019, 14:41

    Koreyalik ekspertlar Toshkentda jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘paytirish va shaxsiy avtotransport harakatini cheklashni taklif qildi

    26.07.2019, 14:30

    Samarqanddagi maxsus maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

    26.07.2019, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tolibon” erkakni otib o‘ldirib, gavjum joyda osib qo‘ydi

    Afg'oniston | 25 avgust, 18:40

    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy

    Reklama | 25 avgust, 18:00

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    Markaziy Osiyo | 25 avgust, 18:35

    O‘zbekistonda maktablarda darslar qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:31

    O‘zbekistonda soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda mobil videokameradan foydalanish majburiy bo‘ladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:30

    Dori va tibbiy jihozlar ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomalarning amal qilish muddati 5 yil etib belgilanadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:18

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga yetib bordi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 18:05

    “Manchester Yunayted” yetakchisiga Saudiya Arabistonidan taklif bor

    Sport | 25 avgust, 18:04

    Yurak xurujini erta aniqlashga yordam beradigan 6 ta ogohlantiruvchi belgi

    Layfstayl | 25 avgust, 17:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.