Hukumat qarori (621-son, 24.07.2019-y.) bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb ma’lum qiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.
Nizomga muvofiq, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Agentlikka investitsiyalar va tashqi savdo vazirining taqdimnomasi bo‘yicha Hukumat tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi muntazam baholanib boriladi.
Agentlik xodimlariga vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalar to‘lanadi.
Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Izoh (0)