25-iyul, payshanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston bodibilding, fitness va masrestling federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida tashkilotga yangi rahbar saylandi.
Unga ko‘ra bungacha mazkur lavozimda faoliyat olib borgan Dmitriy Adisman o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqdi. Adisman bundan buyon vitse-prezident sifatida faoliyat olib boradi.
Uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmonov tashkilot rahbari sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)