Braziliya terma jamoasi hamda “Everton” klubi hujumchisi Risharlison o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nova-Venesiya shahrida xayriya aksiyasida ishtirok etdi.
Xayriya tadbiri doirasida tashkillashtirilgan o‘rtoqlik o‘yiniga 3 ming kishi tashrif buyurdi. Ularning barchasi muhtojlarga kerakli mahsulotlarni taqdim etdi.
Ta’kidlanishicha, nochor holatdagi oilalar hamda muhtojlarga 6,4 tonna miqdoridagi mahsulotlar (yeguliklar, kiyimlar, sport anjomlari) yig‘ilgan. Risharlison esa barcha mahsulotning pulini yonidan to‘lab bergan.
Ma’lumot uchun, Risharlison o‘tgan mavsum Angliya Premyer ligasida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u Kopa Amerika—2019 musobaqasida Braziliya termasi bilan g‘olib bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)