• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Go‘sht narxlari ko‘tarilishi bilan bog‘liq masalaga Davlat statistika qo‘mitasi munosabat bildirdi

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati qo‘mitaning go‘sht narxlari ko‘tarilishi yuzasidan munosabatini e’lon qildi.
    Aholining barcha qatlamlari diqqat markazida bo‘lib kelgan dolzarb masalalardan biri, bu birlamchi zarur tovarlar narxining ko‘tarilishidir. Non, shakar, sariyog‘, un, go‘sht va boshqa mahsulotlar narxlarining ko‘tarilishi har bir insonning qiziqishlariga ta’sir etmay qolmaydi. Ushbu qiziqish nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki, dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlari fuqarolari uchun ham xosdir.

    So‘nggi paytlarda respublikamiz keng jamoatchiligi orasida go‘sht narxlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat faol muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur masala yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar e’lon qilinishi, tematik ko‘rsatuvlarning efirlarga uzatilishi, ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar olib borilishi shular jumlasidandir.

    Bunday munozaralarda har bir tomon masala yuzasidan o‘z fikrlarini yoki qarashlarini bildirishga haqlidir, garchi ular rasmiy nuqtai nazardan mos kelishi yoki farq qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda ham.

    Ushbu masalani tartibga solishga ko‘mak berish va obyektiv nuqtai nazarni shakllantirishga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi quyidagilarga oydinlik kiritadi:

    Bozor iqtisodiyotining asosiy qoidalaridan biri, bu – hukumat rasmiylarining bevosita aralashuvisiz erkin narxlarning shakllanishidir. Bozor sharoitida narxlar talab va taklif qonuniyati asosida shakllanishi kerak. Istisno tariqasida monopolist korxonalar mahsulotlari va ba’zi hayotiy zarur bo‘lgan mahsulotlar narxlari ehtimoldan xoli bo‘lishi mumkin (masalan, ba’zi dori-darmonlar va boshqalar).

    Bozor sharoitida narx belgilash ikki tomonning ishtirokini o‘z ichiga oladi: talab tomoni (iste’molchilar) va taklif tomoni (sotuvchilar). Ushbu vaziyatda talab va taklifning kesishish nuqtasi muvozanatli bozor bahosi bo‘lib hisoblanadi.

    Narxlarning aniqlanishidagi bunday yondashuv nafaqat go‘sht mahsulotlariga, balki boshqa mahsulotlarga ham tegishlidir. Oddiy misol: saqlash uchun bardoshli bo‘lmagan mahsulotlar narxi shular jumlasidandir (pomidor, rezavorlar va boshqalar). Kun davomida bir nafar sotuvchida aynan bir turdagi mahsulot narxlari sezilarli darajada tebranishi mumkin. Shunday qilib, ertalabki va kun davomidagi narxlar kun oxiridagi narxlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin (“kechki bozor”).

    Narxlarni qat’iy nazorat qilish maqsadida “yuqoridan belgilangan” narxlar (masalan, mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan) iqtisodchilarning xulosalariga ko‘ra, bozordagi narxlar bo‘yicha vaziyatni keskinlashtirishga va ular orasidagi nomutanosiblikni vujudga keltiradi yoki kuchaytiradi.

    Masalan, avtomobillar uchun taklif etiladigan yuqori narxlar unga bo‘lgan talabni narxlarning arzonlashishiga qadar sezilarli darajada pasaytirishi mumkin bo‘lsa, ijtimoiy muhim ahamiyatga ega tovarlar (shu jumladan, go‘sht mahsulotiga ham) borasida davlatning vazifasi – bozorda arzon narxlar taklifini ta’minlashga harakat qilishdir.

    Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, asosiy turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlari holati to‘g‘risida hukumat idoralari hamda keng jamoatchilikni tezkor ravishda xabardor qilish maqsadida, statistika organlari tomonidan iste’mol bozorida narxlar monitoringi amalga oshiriladi.

    2019-yilning 16-iyul kunida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha uyushgan savdo majmualari hamda dehqon bozorlarida iste’mol narxlari kuzatuvi ma’lumotlariga asosan 1 kg mol go‘shtining o‘rtacha narxi 40 501 so‘mni, 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 40 554 so‘mni tashkil etgan.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki, respublikada o‘rtacha narxlar har bir hududning tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishga sarflanadigan xarajatlar tarkibi o‘rtacha og‘irlik sifatida shakllantirilgan ulushini inobatga olgan holda hisoblanadi.

    Hududlar kesimida bir kilogramm mol go‘shti narxlari diapazoni
    34 705 so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 46 586 so‘mgacha (Toshkent), qo‘y go‘shtining bir kilogrammi esa 31 196 so‘mdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 44 036 so‘mgacha (Toshkent viloyati) bo‘lgan oraliqni tashkil etmoqda.
    Shunga alohida e’tibor qaratish lozimki, amaldagi usulga ko‘ra, o‘rtacha narxlarni aniqlashda ularning butun diapazoni qamrab olinishi kerak. Shu bilan birga, narxlar darajasiga qarab, aholining talab tarkibi va ayrim mahsulotlarning ommaviy iste’molini ham hisobga olish zarur.

    Masalan, joriy yilning 16-iyul kuni kuzatish Toshkent shahri bo‘yicha tanlab olingan savdo obyektlarda bir kilogramm mol go‘shtining o‘rtacha narxini aniqlash uchun 32 000 so‘mdan 79 990 so‘mgacha bo‘lgan 230 dan ziyod narxlar ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, bir kilogramm go‘sht narxini hisoblash uchun jami ro‘yxatga olingan narxlarning 68 tasida 40ming so‘mgacha, 100 dan ortiq narxlar 40 dan 50 ming so‘mgacha bo‘lgan diapazonda, 60ga yaqin narxlar 50 ming so‘mdan yuqori va 6 tasi 70 ming so‘mdan yuqorisini tashkil etgan.

    Shuni hisobga olish kerakki, o‘rtacha narx tarkibiga ko‘plab omillar, jumladan, mahsulot o‘zgarishi, narxlarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti, mavsumiylik, ro‘yxatdan o‘tish paytidagi talab va taklifning nisbati va boshqalar inobatga olinadi.

    Shuningdek, ichki bozorlarga go‘sht mahsulotini yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyatni baholash uchun rasmiy statistik ma’lumotlarga murojaat qilish mumkin.

    Shunday qilib, joriy yilning iyun oyidagi tashqi savdo statistikasi ma’lumotlariga asosan, yirik shoxli chorva mollari importi bir oy davomida 5 169 boshga yoki 21,1 %ga kamaydi (may oyida 24 549 boshdan joriy yilning iyun oyida 19 380 boshgacha).

    Bu davrda tirik qo‘ylar va echkilarning importi 78 158 boshdan (may oyi) 41 631 boshgacha (iyun oyi) qisqardi, ya’ni, salkam 2-marttaga. Shu bilan birga, yangi va sovutilgan yirik shoxli mol go‘shti importi 355,3 tonnadan (may oyi) 411,2 tonnagacha (iyun oyi), ya’ni, 55,9 tonna yoki 15,7% gacha oshdi. Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar-iyun oylari davomida 1119 tonna yangi, muzlatilgan, sovutilgan yirik shoxli mol go‘shti import qilingan.

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida ichki sharoitida chorva mollari va parrandalarni so‘yish yetishtirish tirik vaznda 1 128 144 tonna (2018-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 2,2 %ga ko‘p), so‘yish vaznida 654 323 tonnani tashkil etgan.

    Taqqoslash uchun: 2018-yilning birinchi yarmida so‘yish uchun tirik vazndagi chorva hamda parranda yetishtirish hajmi 1 103 469 tonnani, so‘yilgandan keyingi vazni 640 012 tonnani tashkil etdi.

    2018-yil uchun uy xo‘jaliklari byudjetini o‘rganishning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada go‘sht va go‘sht mahsulotlarining o‘rtacha yillik iste’moli 1 423 704 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, aholi jon boshiga bu ko‘rsatkich yiliga 43,2 kg.ni tashkil etdi. Bunday o‘rtacha oylik iste’mol bilan birinchi yarim yillikda go‘shtga bo‘lgan ehtiyoj taxminan 711 852 tonnani (= 1423704/2) tashkil etadi. 2019-yilning dastlabki olti oyida aholining o‘sish sur’ati bilan bu ko‘rsatkich biroz yuqori bo‘ladi.

    Turli mamlakatlarda go‘sht iste’moli*

    ( 2017-yil uchun, aholi jon boshiga)

    Mamlakat nomiGo‘sht iste’moli, kg
    Rossiya73
    Avstraliya121
    Avstriya98
    Germaniya88
    Italiya87
    Gollandiya73
    Polsha70
    Fransiya89
    AQSh118
    Yaponiya49
    *) Economic Development Research Journal ma’lumotlariga asosan http://edrj.ru/article/03-06-2018

    Bundan tashqari talab tarkibi bo‘yicha muhim ta’sir ko‘rsatuvchi mahalliy qayta ishlash korxonalarining go‘shtiga bo‘lgan ehtiyojni xam inobatga olish kerak. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda respublikada ishlab chiqarilgan, qayta ishlangan va konservalangan go‘shtning umumiy hajmi 193 047,1 tonna, go‘sht va parranda go‘shti (kolbasa, dudlanganmahsulotlari va boshqalar) tayyor mahsulotlari 31 513,4 tonnani tashkil etgan.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, go‘sht narxining ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat “alohida” emas. Iste’mol narxlari indeksini hisoblash uchun ro‘yxatga olingan iste’mol narxlarini ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar-iyunida mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) yarim yil davomida 17,6 % (jumladan iyun oyida 6,0 %), suyaksiz mol go‘shti10,4% (iyun oyida3,6 %), qo‘y go‘shti 16,6 % (iyun oyida 6,4 %)ga qimmatlashgan.

    Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda parranda go‘shti (son qismlardan tashqari) 10,1 %, (jumladan, iyun oyida 2,5 %), tovuq boldiri, son qismlari 5,0 % (iyun oyida 1,0 %) va tuxum narxlari 19,1 %ga (iyun oyida 2,6%) arzonlashgan.

    Xulosa o‘rnida, barcha foydalanuvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tovar va xizmatlarning narxlari o‘zgarishi darajasi haqidagi yanada batafsil ma’lumotlar bilan Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sahifasida https://stat.uz yoki 71-230-80-36, 71-230-81-74 telefon raqamlariga murojaat qilgan holda ma’lumot olishingiz mumkin.

    24.07.2019, 17:43   Izoh (0)   48358
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Collegium Humanum – Varshava menejment universiteti Andijonda o‘z filialini ochish taklifini ilgari surdi

    24.07.2019, 17:38

    Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan qizi Shahnoza va nevarasi Raniya tabrikladi

    24.07.2019, 17:25

    “Hududiy elektr tarmoqlari”: Reja jadvalidan ancha orqadamiz

    24.07.2019, 17:06

    Andijonning Xonobod shahrida turizm shaharchasi qurilmoqda

    24.07.2019, 15:48

    Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyevning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi darajasiga qo‘shgan hissasini qayd etdi

    24.07.2019, 15:37

    Sankt-Peterburgda 23 yashar qizni 16-qavatdan uloqtirgan o‘zbekistonlik yigit 9 yilga qamaldi

    24.07.2019, 15:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.