Qirg‘iziston va Tojikiston chegara bo‘linmalari ikki davlat chegarasida mahalliy aholi o‘rtasida yuzaga kelgan qurolli mojaro tufayli kuchaytirilgan xizmat tartibiga o‘tkazildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qirg‘iziston chegara xizmatiga ko‘ra, ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi otishmaga chek qo‘yilgan, Isfara — Vorux trassasida harakat to‘xtatilgan.
Hozirda chegaradagi vaziyatni nisbatan barqaror deb baholash mumkin.
“Qirg‘iziston va Tojikiston chegara xizmatlari, shuningdek, mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralari vakillari mojaroni bartaraf etish va uni avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar ko‘rmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)