Rossiyaning bombardimonlari Yapon dengizi hududida Janubiy Koreyaning havo hududini buzib kirdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib Yonhap agentligi xabar berdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, bunga javoban Janubiy Koreya Havo harbiy kuchlarining qiruvchi samolyotlari ko‘tarilgan va ogohlantiruvchi o‘q uzgan. “TASS”ning yozishicha, voqea Koreya yarim orolidan sharqda joylashgan, Seul bilan Tokio o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lgan Tokto oroli hududida sodir bo‘lgan.
Ertalab hududga Rossiyaning uchta, Xitoy Harbiy havo kuchlarining ikkita harbiy samolyoti bostirib kirgan. Bunda Rossiya samolyotlaridan biri havo hududi chegarasini ikki marta buzgan. Qayd etilishicha, Rossiya havo kuchlari tomonidan Koreya Respublikasi havo hududining buzilish holati birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
Izoh (0)