Rossiyada 19-avgustdan boshlab chegaradan meva, sabzavot va gullarni olib o‘tish bo‘yicha yangi tartib-qoida amalga kiradi, deb xabar berdi Sputnik.
Yangi tartib-qoidaga ko‘ra, endilikda Rossiya hududiga kirayotgan yoki undan chiqib ketayotgan fuqarolarning qo‘l yukxaltasidagi meva va sabzavotlar besh kilogrammdan ortiq bo‘lmasligi, shuningdek, har birida 15 tadan ortiq bo‘lmagan uchtagacha guldasta olib o‘tishga ruxsat beriladi.
Undan ortiq partiyani olib o‘tuvchilardan fitosanitariya sertifikatlari talab qilinadi, agar sertifikat bo‘lmasa tovarlar ortga qaytariladi yoki yo‘q qilinadi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur tartib fitosanitar xavf yuqori bo‘lgan mevalarga — xurmo, anjir, ananas, avakado, guava, mango, shuningdek, o‘rik, olcha, gilos, shaftolilarga tegishli.
Bundan tashqari cheklov yong‘oq, pomidor, karam, rediska, sholg‘om, piyoz va qulupnaylarga ham tegishli.
Izoh (0)